TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
BMB PFC avatar

TGINSIGHT CHAT

BMB PFC

@bmbpfc

Sport

BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev

Pelanggan1,880Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,018Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini10,009Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Tag: #training · 43 kiriman

当前筛选 #training清除筛选

Diterbitake 27 Apr

#TRAINING Jamoamiz bugun navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot qizish mashqlari bilan boshlanib, jismoniy va taktik yo‘nalishda davom etdi. “MDIST SC”da boʻlib oʻtgan mashgʻulot jarayonlarida murabbiylar shtabi hujum va himoyadagi harakatlarga e’tibor qaratishdi. Mashg‘ulot yakunida kichik o‘yinlar tashkil etildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

639 views

Hashtags

Diterbitake 26 Apr

#TRAINING BMB PFC bugundan Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichi bahslariga tayyorgarlik mashgʻulotini boshladi. Mashgʻulot davomida tezkorlik, to‘p nazorati va kombinatsion harakatlarga alohida e’tibor qaratildi. Darvozabonlar esa individual tarzda darvozabonlar murabbiyi bilan maxsus mashg‘ulotlar bajarishdi. Jamoamiz Jizzax shahrida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlikni davom ettiradi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

666 views

Hashtags

Diterbitake 17 Apr

#TRAINING BMB PFC bugun ham navbatdagi reja asosidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Mashg‘ulot an’anaviy ravishda qizish mashqlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng jamoa taktik yo‘nalishda ish olib borib, hujum va himoyadagi harakatlarni takomillashtirishga e’tibor qaratdi. Mashg‘ulot doimgidek “MDIST SC”da bo‘lib o‘tdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

660 views

Hashtags

Diterbitake 16 Apr

#TRAINING BMB PFC rejaga muvofiq mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. “MDIST SC”da boʻlib oʻtayotgan mashgʻulotlar mobaynida har bir futzalchi o‘z ustida ishlab, keyingi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlikni amalga oshirmoqda. Huddi shunday mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

625 views

Hashtags

Diterbitake 2 Apr

#TRAINING Jamoamiz bugungi mashg‘ulotni stretching mashqlari bilan oʻtkazdi. Cho‘zilish mashqlari orqali futzalchilarimiz mushaklarni keyingi yuklamalarga tayyorlab, jarohatlar xavfini kamaytirishga alohida e’tibor qaratishdi. Mashg‘ulot davomida tananing moslashuvchanligi va tiklanish jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan mashqlar bajarildi. Bu esa jamoamizning umumiy jismoniy holatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

648 views

Hashtags

Diterbitake 31 Mar

#TRAINING Jamoamiz Jizzax shahriga yetib keldi va navbatdagi tur doirasidagi uchrashuvlar oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayonlari yuqori kayfiyat va to‘liq tayyorgarlik ruhida bo‘lib o‘tdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

687 views

Hashtags

Diterbitake 26 Mar

#TRAINING Bugungi mashgʻulot rejaga muvofiq yuqori kayfiyat va intizom bilan boshlandi. Dastlab jamoa umumiy qizib olish mashqlarini bajarib, organizmni asosiy yuklamalarga tayyorladi. Qizib olish jarayonlari qiziqarli va intensiv tarzda olib borildi. Mashgʻulot davomida darvozabonlar ham alohida e’tiborda boʻlib, ular darvozabonlar murabbiyi boshchiligida individual mashgʻulotlar olib borishdi. Shundan soʻng jamoa umumiy tarkibda taktik mashqlarga oʻtdi. Murabbiylar shtabi tomonidan belgilangan taktik topshiriqlar amaliyotda sinab koʻrildi va oʻyin davomida harakatlanish, pozitsion oʻyin hamda oʻzaro hamkorlik elementlari ustida ishlanildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

948 views

Hashtags

Diterbitake 10 Mar

#TRAINING Bugun jamoamiz Oliy liga 9-turi oldidan rejalashtirilgan navbatdagi tayyorgarlik mashgʻulotini “MDIST SC” sport majmuasida oʻtkazdi. Mashgʻulot jarayonida futzalchilar murabbiylar shtabi boshchiligida asosan taktik ishlanmalar ustida ishlab, bo‘lajak uchrashuvlar uchun zarur bo‘lgan o‘yin tizimlarini amalda sinab ko‘rishdi. Mashgʻulot yakunlangach, jamoamiz navbatdagi tur bahslarida ishtirok etish uchun Jizzax shahri tomon yoʻlga chiqdi. “Oq yoʻlbarslar” manzilga yetib borgach muhtasham “Za’faron Hotel” mehmonxonasiga joylashadi va uchrashuvoldi tayyorgarlikni davom ettiradi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz Oliy liga 9-turidagi ishtirokini ertaga Olmaliqning “OKMK” jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

840 views

Hashtags

Diterbitake 26 Feb

#TRAINING Bugungi mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalar(2-qism) Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,460 views

Hashtags

Diterbitake 11 Feb

#TRAINING Jamoamiz bugun Universal sport majmuasida navbatdagi mashgʻulotini oʻtkazdi. Mashgʻulot jarayoni murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan turli taktik va texnik ishlanmalar asosida tashkil etildi. Ertaga jamoamizni muhim bahs kutib turibdi — soat 17:00 da OKMKga qarshi maydonga tushamiz. Bugungi mashgʻulot uchrashuv oldi tayyorgarlik doirasida oʻtkazildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

699 views

Hashtags

Diterbitake 9 Feb

#TRAINING Jamoamiz Andijon shahriga yetib keldi va navbatdagi tur doirasidagi uchrashuv oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayonlari yuqori kayfiyat va to‘liq tayyorgarlik ruhida bo‘lib o‘tdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

717 views

Hashtags

Diterbitake 3 Feb

#TRAINING | #GYM Bugungi fitness mashgʻulotida jamoamiz jismoniy holat ustida jiddiy ishladi. Kuch, chidamlilik va muvozanatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar orqali futzalchilar o‘z sport formalarini yanada mustahkamlashmoqda. Mashgʻulot jarayonlari doimgidek “MDIST SC”da boʻlib oʻtdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,420 views
SadurungeKaca 1 saka 4Sabanjure