TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2870 · 10월 27일

​​💰Auktsion'ga START berildi! – Yaqin orada barcha foydalanuvchilardan "chopilgan" va "gold" Usernamelar (talaffuzda Yuzerneymlar) xech qanday muzokarasiz auktsionga joylab yuborildi. 📣 Tarqagan xabarlardan Fragment.com orqali usernamelarni sotib olish haqida xabar topdingiz shekilli? Keling unda u haqida batafsil ma'lumotga o'tamiz: • Barcha usernamelar faqat TONkriptovalyutasi bilan sotib olinadi; • Eng arzon username 500TON, eng qimmati esa xozirda 10 500TON; • Auktsion ochilgach, 7 kun ichida yakunlanadi. Har safar yangi taklif belgilanganida muddat yana yangilanadi; • Hozirda saytda A dan H gacha bo'lgan bosh harfli foydalanuvchi nomlari mavjud. Boshqalari keyinroq paydo bo'ladi; • Agarda usernamu uchun auktsion ochilmasa, uning narxi 24 soatdan so'ng 12TON miqdorda pastlaydi; • Narx pastlashiningoxirgi nuqtasi xozircha noma'lum; • Lot (username stavkasi) yangiliklar bildirishnomalarini yuboradigan @fragment boti mavjud; • Platformada har qanday lot "to'plam" sifatida belgilanadi, shuning uchun tez orada uning ko'proq turlari paydo bo'ladi: kanallar, stikerlar, kulgichlar; • Boshqa xizmatlar ham o'z elementlarini platformaga birlashtira oladi; • Telegram keyingi yangilanishida xarid qilingan ayrim mahsulotlardan qanday foydalanish mumkinligini batafsil bilib olishimiz mumkin. • Telegram FAQ'da shuningdek, Telegram’da hozirda qo‘llanilayotgan ismlar keyinroq saytda paydo bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Ehtimol, bu foydalanuvchilar o'zlarining nomlarini auktsionga joylashlari mumkinligini anglatadi. 💎TON KURSI - 1TON=1.91$≈21 300SUM #ton#username#auksion ✅@TGraphUz | YouTube

결과

2개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #chamber

当前筛选 #chamber清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2761 · 2025. 11. 14. AM 11:33

🇺🇿🇺🇸 AQSh, Pittsburg savdo-sanoat palatasiga tashrif 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan AQShda tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Pittsburg area Chamber of Commerce (Pittsburg savdo-sanoat palatasi) tashkilotiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes yuritishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, shuningdek, mahalliy biznes muhitining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Tashrif ishtirokchilari AQShdagi kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, investitsion imkoniyatlar, shahar darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Pittsburg savdo-sanoat palatasi vakillari ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari uchun AQSh bozorida faoliyat yuritish bo‘yicha maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya aloqalarini chuqurlashtirish va o‘zaro tajriba almashish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari tashrif davomida kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishdilar. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#Chamber#Business#Partnership 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube