TGINSIGHT CHAT
Conor's Blogs
@Conordevs_Blogs
Scripta- Dilshod Toxirov's Blog ( Conordev ) 🤖AI Engineer 📊Data Analyst / Scientist 🐍Python developer 🎓PDPU Student 2/4 - My Portfolio: @DataFolio Talab va takliflar uchun: @Dilshod_Toxirov_adminbot
Scripta recentia
Pag. 8 de 24 · 288 scripta
Editum Feb 5
#bismillah
Hashtags
Editum Dec 31
- 2024 Yil sarhisobi!!! - Bu yil rejalashtirgan deyarli hamma narsalarimni qildim, front - endni o'rgandim, prava oldim, universitetga kirdim hullas to do listimdagi deyarli hamma narsa bajarildi. Hozir men nimalar bajarilganini haqida emas, nimalar bajarilmay qolib ketganligi jaqida aytmoqchiman. Bu yil YouTube ga IT soham bo'yicha blog yurutishni va 500+ obunacha yig'ishni reja qilgandim, lekin ma'lum sabablarga ko'ra buni qila olmadim. Ieltsimni yangilamoqchi edim, eng kamida 6.5 ga, buni ham mavridi bo'lmadi. - Bu bilan nima demoqchiman, bu yil qila olmagan ishlarimni, bir necha daqiqadan so'ng kirib keladigan 2025 yilda qilishni maqsad qildim, lekin endi bu maqsad kattaroq, YouTubeda, 500+ emas 1k obunachi, Ielts 6.5 emas, balki eng kamida 7 ballga yangilash. Buni hozir aytishimdan maqsad, keyingi yili, bajarilmay qoldirilgan maqsadlar shunchaki yo'q bo'lib ketmasdan, undanda yaxshirog'ini huddi, jazo sifatida qilish. Ishonamanki hozirgina keyingi 2025 yil uchun tuzgan rejalarim, va 2024 da qoldirilgan rejalarimni 2025 yilda albatta qilaman Inshaalloh. - Siz ham keyingi yil uchun reja qiling va uni nima bo'lishidan qat'iy nazar bajaring, hayitda maqsadingiz bo'lsin, hech qachon maqsadsiz yurmang, maqsadsizmisiz demak yashamayabsiz, va eng asosiysi maqsadlaringizni amalga oshishini "Qorbobo" dan emas Allohdan so'rang. - Bir necha daqiqalardan so'ng kirib keladigan 2025 yilda o'ylagan maqsadlaringizga erishishingizni tilab qolaman, BAXTLI BO'LING☺️... #Yil_sarhisobi @Suhbatdoshim🫀
Hashtags
Editum Dec 15
- G'oyangizni ko'pchilik bilan muhokama qiling, shunda kamchiliklarini ko'rasiz, biror bir g'oyani boshqalarga aytishdan qo'rqmang, hech kim "o'g'irlab" qo'ymaydi! ( Anvar Narzullayev ustozimdan ) - Bu gaplarni PDP universityda kecha o'tkazilgan meetingda aytgan edilar, ya'ni start - up biror g'oyangiz bo'lsa uni ko'pchilik bilan gaplashib uni muhokama qiling, shunda g'oyangizning kamchiliklari ko'rinib, mukammallashib boradi. G'oyani biror kimga aytishdan qo'rqmang, hech kim uni o'g'irlab sizdan oldin qilib qo'ymaydi, aslida bizning g'oyammiz boshqalarga kerak ham emas! #IT_ustozimdan #From_meeting
Hashtags
Editum Dec 12
- "Siz hammangiz "Loser" siz. Buni tan oling! - Agar "Loser" bo'lmaganingizda, bu universitetga kelmagan bo'lardingiz, hozir katta - katta kampaniyalarda ishlayotgan yoki boshqarayotgan bo'lardingiz! - Lekin o'zingizga shuni aytingki: - Ha men "Loser" man, hech narsani bilmayman, lekin bu hozircha, vaqtinchalik. Men O'rganaman! , o'qiyman! - va o'z sohamda mutaxasis bo'laman! "... ( Mr. Travis ) ( PDP University Mentorimdan ) - Loser = Omadsiz, hech narsaga erishmagan odam. #Mentorimdan @Suhbatdoshim🫀
Hashtags
Editum Dec 8
- Assalomu aleykum! - Sizdan bir kichik yordam berishingizni so'ramoqchiman! - Men hozir bir loyha ustida ( jamoaviy ) ishlayotgan edim. - Loyhani qisqacha tushuntirsam, "Volunteer" ya'ni ko'ngilli bo'lib web - saytdan biror ish topish, bunda sizga hech…
Editum Dec 8
- Assalomu aleykum! - Sizdan bir kichik yordam berishingizni so'ramoqchiman! - Men hozir bir loyha ustida ( jamoaviy ) ishlayotgan edim. - Loyhani qisqacha tushuntirsam, "Volunteer" ya'ni ko'ngilli bo'lib web - saytdan biror ish topish, bunda sizga hech qanday moddiy haq to'lanmaydi, shunchaki ko'ngilli ravishda biror bir vazifani bajarasiz, deylik biror kimning uyida shunchaki ko'ngilli sifatida ishlash. Bu loyhadan asosiy maqsad, siz hohlasangiz ko'ngilli ravishda ish topishingiz, hamda o'zingiz ish berishingiz mumkin! - Lekin ish davomida menda bir savol tug'ildi, va shuni sizdan ham so'ramoqchiman!
Editum Dec 4
- Savol birozdan so'ng tashlanadi, javobni izohlar qismida qoldirmang!
Editum Dec 4
- Savol birozdan so'ng tashlanadi, javobni izohlar qismida qoldirmang!
Editum Dec 2
- Ma'lumot va Axborot nima va ularning farqlari nimada? - Ma'lumot - Inson tana azolari bilan qabul qilinayotgan har qanday narsa ma'lumotdir. Misol uchun, hozir ko'zingiz bilan o'qiyotgan xabaringiz, qulog'ingizdan kirayotgan tovushlar miyyaga ma'lumot sifatida yetib boradi . Ma'lumot qayta ishlanmagan, unchalik ahamyati yo'q va xotiradan tez chiqadigan raqamlar, belgilar, factlar yig'indisi va foydalanishga tayyor emas. - Axborot - esa bu ma'lumotni qayta ishlangani, ya'ni u kerakli, saralangan, tizimlashtirilgan va foydalanish uchun tayyor. Oddiy qilib aytganda, ma'lumotlarni tahlil qilish natijasida axborot yuzaga keladi. - Masalan: - Kitob o'qiganingizda olingan factlar ma'lumot, undan chiqarilgan xulosa esa axborot. * Malumot: - Dilshod - Dasturchi - Namanganlik - PDP da o'qiydi. * Axborot: - Mening ismim Dilshod dasturchiman, namanganda tug'ilganman, va hozirda PDP universityda o'qiyman. Xulosa: yuqoridagi misolda, ma'lumot tushunarsiz, tahlil qilinmagan, oddiy factlar yig'indisi. Axborot esa, shu factlar asosida xulosa chiqarilgan, tushunishga oson, ma'lumotni qayta ishlangan natijasi. - Menimcha ma'lumot va axborot nima ekanligi va ularning orasidagi farqlar tushunarli bo'ldi. - Agar tushunmagan bo'lsangiz, yoki qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirishingiz mumkin 👇 @Conordevs_Blogs
Editum Dec 1
- Qishning birinchi kuni🥹🫶...
Editum Nov 28
- Bu savolga ko'pchilik xato javob beribti, to'g'ri javob esa 4 - varyant, ya'ni xatolik yuz beradi. Chunki Python va shunga o'xshash ko'plab dasturlash tillarida, "String" va "Number" ( Int/Float... ) data typelarni o'zaro qo'shib bo'lmaydi, ya'ni hozirgi codimizda, "Conor" string data typedagi qiymatga 0084 number ( Int ) data typeni shunchaki qo'shib bo'lmaydi. - Buni qo'shish uchun bir nechta usullar bor, masalan "Turni o'zgartirish" ya'ni print qilayotganimizda... print(name + str(tel)) ko'rinishida yozishimiz kerak, bu yerda "Tel" o'zgaruvchini numberdan string data typega o'tkazib oldik. - F" " string, ya'ni print bilan birga shu methodni qo'llash. print( f" { Conor } + { Tel }) - Bu yerda F" " methodi yordamida, o'zgaruvchi nomi bilan shunchaki chaqirib qo'ydik, va hech qaysi o'zgaruvchining data typelari o'zgartirilmadi. - Bular eng ko'p ishlatiladigan usullar edi, String va Number data typelarni qo'shishning yana qanday usullari bor, bilsangiz izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin 👇 - O'ylaymanki, bu sizga tushunarli bo'ldi, agar savollaringiz bo'lsa izohlar qismida yozib o'tishingiz mumkin 👇 @Conordevs_Blogs
Editum Nov 28
- Savol birozdan so'ng tashlanadi, javobni izohlar qismida qoldirmang!