TGINSIGHT CHAT
Conor's Blogs
@Conordevs_Blogs
Scripta- Dilshod Toxirov's Blog ( Conordev ) 🤖AI Engineer 📊Data Analyst / Scientist 🐍Python developer 🎓PDPU Student 2/4 - My Portfolio: @DataFolio Talab va takliflar uchun: @Dilshod_Toxirov_adminbot
Scripta recentia
Pag. 7 de 24 · 288 scripta
Editum Feb 28
- Ramazon oyingiz muborak bo'lsin☺️🫶... - Bahorning birinchi kuni ham😊... @Conordevs_Blogs🫀
Editum Feb 24
- Eslasangiz! - Instagram, va shunga o'xshash ijtimoiy tarmoqlarda bemani, keraksiz videolar ko'rish haqida o'z fikrimni aytgan edim, va hozir bir video sabab shuni to'liq yozishga qaror qildim! - Xo'sh! - Sizga bundan oldin "Deep work" kitobidan biroz tushuncha berib ketmoqchiman. Kitobda "Deep work" va "Shallow work", ya'ni biror ishni berilib e'tibor bilan qilish va e'tiborsizlik bilan qilish haqida gap borgan. Shu bilan birga kitobda ijtimoiy tarmoqlarning inson diqqatini jamlashiga ta'siri haqida ham ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Unda aytiladiki, "Agar inson Shallow work ya'ni biror ishni davomiy e'tiborsiz qilsa, vaqt o'tib bunga o'rganib qolib, diqqatini jamlashga qiynalishni boshlaydi" . Bunga bir nechta sabablar bor, va bulardan biri ijtimoiy tarmoqlardagi saviyasi past, ya'ni inson fikrlashini talab qilmaydigan qisqa "Shallow" videolardir. Yuqorida aytganimdek, inson miyyasi bu ishga o'rganib qolib, vaqt o'tib bir necha soatlik, hattoki 10 daqiqalik foydali videolar, darsliklar ko'rishga ham toqat qila olmay qoladi, kitob o'qiy desa hayollari boshqa joyga ketib qolib, oldingi sahifada nima deyilganini tushunmay qoladi, ko'zlari so'zlarni o'qiydi, lekin miyyasi buni qabul qila olmaydi. - Bu haqida yozmoqchi bo'lib turgandim, va biroz avval Ustozation tomonidan bir ajoyib, foydali, va hamma ko'rishi kerak bo'lgan videoni ko'rdim. Videodagi gaplar hozirgi kundagi muammolar haqida, va sizga buni ko'rishni tavsiya qilib qolaman, o'ylaymanki sizga bu video manfaatli bo'ladi, Inshaalloh 👇... - RAQAMLI EPIDEMIYA - Umid qilamanki, bundan to'g'ri hulosa chiqarib, hayotingizga tatbiq qilasiz! @Suhbatdoshim🤌
Editum Feb 16
- Keling endi, "Type Conversion" va "Type Coercion" lar nima ekanini chuqurroq tahlil qilib, code yozib yanada yaxshiroq tushunib olamiz! - Type Conversion - Bu bir ma'lumot turidan ikkinchi ma'lumot turiga methodlar orqali o'zgartirish, ya'ni dasturchini o'zi o'zgartirishi. Deylik "String" data typedan "Number" data typega o'zgartirish. Buni amalga oshirish uchun esa methodlardan foydalaniladi, va methodlar bir necha turga bo'linadi, va hozir ularni birma bir ko'rib chiqamiz! - Number ( ) - Bu String yoki boshqa data typelarni Number ko'rinishiga o'tkazishda foydalaniladi ( Agar o'tkazishni iloji bo'lsa ). - Masalan: let age = "19" ; console. log(Number(age)) ; console. log( typeof age ) ; - Bu yerda "19" Stringdan Number ko'rinishiga o'tyabti, va buni "Typeof" methodidan foydalanib data typeni ko'rsak bizga "String" consolega chiqadi. - Agar o'zgartirishni ilojisi bo'lmasa bizga "NaN" ya'ni "Not a Number" qaytaradi! let age = "Nineteen" ; console. log(Number(age)) ; - Bu yerda age dagi malumotni raqamga o'tkazishni ilojisi yo'qligi sabab, bizga consolega NaN qiymatini chiqarib beradi! - parseInt ( ) - Bu butun songa aylantirib beradi, ( agar o'zgartirishni ilojisi bo'lsa! ) let age = 19. 2 ; console. log(parseInt(age)) ; - parseFloat ( ) - Bu o'nlik son ko'rinishiga keltirib beradi! - String ( ) - Bu esa bizga data typeni String ko'rinishiga o'girib beradi. let age = 19; console. log(String(age)) ; console. log( typeof age ) ; - Boolean ( ) - Bu typeni Boolean ko'rinishiga o'zgartirib beradi. let age = 19 ; console. log( Boolean ( age )) ; - Bu yerda endi natija True chiqadi! - Boolean bo'yicha qo'shimcha ma'lumot kerak bo'lsa izohlarda yozib qoldiring! - Endi Type Coercion nima ekanligini tushinib olamiz. - Type Coercion - Bu data typelar Javascript tomonidan avtomatik tarzda bir typedan ikkinchi typega o'girilishi, va bu Operatorlarga qarab farq qiladi. Buni yaxshiroq tushunish uchun keling bir necha code yozib ko'ramiz. console. log ( "5" + 5 ); - Agar biz " + " qo'shish Operatoridan foydalansak, Number ( 5 ) String ( "5" ) ko'rinishiga o'tadi va bizga, consoleda 55 soni chiqadi va bu String data typeda bo'ladi. - Bu ( + ) qo'shish Arifmetik Operatoridan boshqa hamma holatda String => Number ko'rinishiga o'tadi. console. log ( "10" - 10 ); - Bu yerda "10" Stringdan 10 Numberga o'zgaradi va natija 0 ga teng bo'ladi. console. log ( "10" * 10 ); console. log ( "10" / 10 ); - Bu holatlarda ham Number bo'lib, natijani shu holatda hisoblanadi. - Bu ko'pchilik e'tibor bermaydigan, va ikkilanadigan holatlardan biri edi, va uni hozir tushunib, code yozib ko'rib chiqdik, o'ylaymanki hammasi tushunarli bo'ldi! - Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirib ketishingiz mumkin👇 @Conordevs_Blogs
Editum Feb 16
#JS - Savol birozdan so'ng tashlanadi, javobni izohlar qismiga yozmang!!!
Editum Feb 16
#JS - Savol birozdan so'ng tashlanadi, javobni izohlar qismiga yozmang!!!
Hashtags
Editum Feb 15
#JS - Savol birozdan so'ng tashlanadi, javobni izohlarda qoldirmang!
Editum Feb 15
- Keling hozir siz bilan Javascript dasturlash tilidagi "Type Coercion" ga oid ko'pchilik ko'pchilik xato qiladigan bir holatni quizlar orqali ko'rib chiqib tushunib olamiz! #Javascript
Editum Feb 15
- Keling hozir siz bilan Javascript dasturlash tilidagi "Type Coercion" ga oid ko'pchilik ko'pchilik xato qiladigan bir holatni quizlar orqali ko'rib chiqib tushunib olamiz! #Javascript
Hashtags
Editum Feb 13
- Internetdagi eng foydasiz lekin kulguli saytlarni aylanib chiqdim, va sizga ham ilindim mana 😄🫴... - Zombocom - Bu sayt hozirgi kundagi ba'zi marketologlarni quruq vadalariga o'xshaydi, saytni kirganingizda maqtaydiyu lekin hech qanday foydasi yo'q! http://zombo.com - Staggering Beauty - Bu haqida yozmayman, o'zingiz kirib ko'ring unda qiziq bo'lmay qoladi🤫! http://www.staggeringbeauty.com/ - Procatinator Mushuklarning kulgili videolarini turli musiqalar bilan birlashtirgan qiziqarli sayt. http://procatinator.com/ - Mondrian and Me Mashhur rassom Piet Mondrian uslubida tasvirlar yaratishingiz mumkin ekan. https://mondrianandme.com/ - Eel Slap - Bu saytda odamning yuziga ilon baliq bilan "urishingiz" mumkin. Bunisi hammasidan ham kulguli😄! https://eelslap.com/ - Falling Falling - Rangli bloklarning cheksiz tushishi orqali hipnotik tajriba taqdim etadi. https://www.fallingfalling.com/ - Cat Bounce - Mushuklar ekranda sakraydi, siz ularni qo‘lga olib, balandroq otishingiz mumkin. http://cat-bounce.com/ - The Useless Web - Internetdagi boshqa befoyda va g‘alati saytlarga tasodifiy yo‘naltiradi. Lekin unchalik ham useless emas, qiziqarli ( nastalgik ) o'yinlar ham bor ekan🫠! https://theuselessweb.com/ - Bury Me With My Money - Eski video o‘yin uslubidagi sherifning iborasi aks ettirilgan kulgili sayt. Sherifni yumalashiyu uning gaplari ham juda kulguli😄 https://burymewithmymoney.com/ - Koalas to the Max - Doiralarni kichik qismlarga ajratib, oxirida koala tasvirini ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun cursorni doirani ustiga olib borish kerak! http://koalastothemax.com - Yuqoridagi saytlardan qaysi biri sizga ko'proq yoqdi, va shunga o'xshash qanday saytlarni bilasiz, izohlarda yozib qoldiringchi😄👇... @Conordevs_Blogs
Editum Feb 6
- Python dasturlash tilida bir nechta xatolar turlari mavjud, keling ularni birma - bir ko'rib chiqib, code yozib yaxshiroq tushunib olamiz! - Syntax Error - Ya'ni Sintaksis xatolik bo'lib, u pythondagi biror bir belgilarni yozmasdan ketganimizda yuzaga keladi.…
Editum Feb 5
- Python dasturlash tilida bir nechta xatolar turlari mavjud, keling ularni birma - bir ko'rib chiqib, code yozib yaxshiroq tushunib olamiz! - Syntax Error - Ya'ni Sintaksis xatolik bo'lib, u pythondagi biror bir belgilarni yozmasdan ketganimizda yuzaga keladi. - Misol uchun: print I'm Conordev Bu yerda qavslar va qo'shtirnoqlar qolib ketganligi uchun xatolik beradi! - To'g'ri yozilishi: print ("I'm Conordev") - Logical Errors - Ya' ni Mantiqiy Xatolik bo'lib, bunda xatolik bermaydi, dasturimiz ishlayveradi, lekin natijasi biz kutgandek bo'lmaydi, bu asosan hisoblashdagi xatolik, matematik formulalar bilan noto'g'ri ishlashda yuzaga keladi! - Misol uchun: a = 5 if a > 3: print("A 3 dan kichik!") - Bu yerda dastur ishlaydi, bu yerdagi xatolik, a 3 dan katta lekin bizga uni kichik deb chiqaradi chunki biz dasturga shunday buyruq berdik! - Exceptions, Runtime Errors - Bunday xatoliklar biz dasturni Run qilganimizdagina ko'rinadi, bu o'zgaruvchi nomi bilan ishlashda, yo'q o'zgaruvchi nomini yozish, yoku noto'gri malumot kiritilganda yuzaga keladi. Keling ularni birma - bir ko'rib chiqamiz! - ZeroDivisionError - Bu biroz bir sonni 0 ga bo'lganimizda chiqadi, chunki 0 ga bo'lish mumkin emas! - Xatolik: print( 10 / 0 ) - NameError - Bu o'zgaruvchi nomini noto'g'ri kiritganimizda yuzaga keladigan xatolik! - Bunday o'zgaruvchi ochmagan bo'lsak: print(Unnamed) - TypeError - Bu dasturda malumit turlari bilan ishlashdagi xatolik, masalan Python va boshqa ko'p dasturlash tillarida "String" bilan Number data typelarni qo'shib bo'lmaydi. print( "10" + 5 ) - IndexError - Bu indeks raqamlarni kiritishda uchraydi, masalan mavjud bo'lmagan index number kiritsak chiqadi! - Masalan: my_list = ( 1,2,3 ) print( my_list[ 5 ] ) - KeyError - Bu asosan lug'atlar bilan ishlashda yuzaga keladigan xatolik turi, ya'ni dictionaryda Key ma'lumoti topilmasligi! - Misol uchun: my_dict = {"name": "Conor"} print(my_dict["age"]) - AttributeError - Bu python methodlarni noto'g'ri ishlatishdan kelib chiqadi. - Masalan: number = 5 print( number.append(3) ) - Bu yerda Append methodi noto'g'ri ishlatilgan, chunku bu method listlarda ishlatilinadi! - ValueError - Bu asosan foydalanuvchidan ma'lumot kiritishda kelib chiqishi mumkin, masalan number kiritilishi kerak bo'lsa, biz string data type kiritsak yuzaga keladi! - Masalan: age = int( "O' n to'qqiz" ) - Buni python int ko'rinishiga o'tkaza olmaydi! - Lekin, agar biz stringda biror bir raqam yozsak, uni python integerga aylantira oladi va shuni chiqarib beradi, bunda hech qanday xatolik bermaydi va endi bu string emas int data typega o'zgaradi! age = int( "19" ) print( age ) - Ushbu yuqorodagilar Python dasturlash tilidagi eng ko'p uchraydigan xatolik turlari edi, o'ylaymanki hammasi tushunarli bo'ldi! - Bu yerdagi men yozgan codelarda ham kichik ( mantiqiy xatolikka o'xshash xatolik mavjud ) e'tiboringizni tekshirish uchun, topgan bo'lsangiz izohlarda yozib keting👇... - Agar qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirishingiz mumkin 👇 @Conordevs_Blogs
Editum Feb 5
Assalomu aleykem! - Kanalga o'qish va boshqa ma'lum sabablarga ko'ra anchadan beri hech narsa tashlay olmadim! - Endi yana coding lifeda yashashni davom etamiz😉...