Votoatiny lahatsoratra
#E'tibor Olimi ardoqlangan yurt! 11-noyabr-O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni“ bayrami munosabati bilan ”Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“degan g'oya asosida ”Yangi O'zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o'n kunligi” eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasining qator ilmiy tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, fidoyi, jonkuyar, izlanuvchan, millat ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh ilmiy xodimlar, professorlar, akademiklarimizga ehtirom ko‘rsatilib Kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilmoqda. Bugun shunday tadbirlardan biri Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida bo'lib o'tdi.Bu kabi tadbirlar yosh olimlarga ertangi kuniga ishonch, keksa ziyolilarimizga esa hayotdan mamnunlik tuyg‘usini beradi. Kichik bir e’tibor ham ko‘ngilni ko‘taradi. Zero ota-bobolarimiz bejizga “Shoh-gadoning farqi yo‘q, inson ulug‘-narxi yo‘q" deyishmagan. Ilm deya yashayotgan yaxshilarni e’zozlayotganlar omon bo‘lishsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇 📌Telegram|Facebook|Instagram|Youtube