TGINSIGHT CHAT
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
@unkiuz
EducationO'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Lahatsoratra vao haingana
Marika: #e · 2 lahatsoratra
Navoaka 5 Mar
#E’TIROF Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarni mukofotlash tadbiri o‘tkazildi. Taqdirlanganlar orasida Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Silikatlar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi” laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Qodirova Zulayho Raimovna ham bor. Olima Zulayho Raimovnani O’zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz, ularga uzoq umr, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz. Ma’lumot o’rnida: “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 257-son qarori bilan ta’sis etilgan. Ko‘krak nishoniga Nizom talablariga muvofiq, vazirlik, idoralardan hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar hujjatlari taqdim etilib, Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Hashtags
Navoaka 7 Nov
#E'tibor Olimi ardoqlangan yurt! 11-noyabr-O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni“ bayrami munosabati bilan ”Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“degan g'oya asosida ”Yangi O'zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o'n kunligi” eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasining qator ilmiy tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, fidoyi, jonkuyar, izlanuvchan, millat ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh ilmiy xodimlar, professorlar, akademiklarimizga ehtirom ko‘rsatilib Kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilmoqda. Bugun shunday tadbirlardan biri Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida bo'lib o'tdi.Bu kabi tadbirlar yosh olimlarga ertangi kuniga ishonch, keksa ziyolilarimizga esa hayotdan mamnunlik tuyg‘usini beradi. Kichik bir e’tibor ham ko‘ngilni ko‘taradi. Zero ota-bobolarimiz bejizga “Shoh-gadoning farqi yo‘q, inson ulug‘-narxi yo‘q" deyishmagan. Ilm deya yashayotgan yaxshilarni e’zozlayotganlar omon bo‘lishsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇 📌Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Hashtags