Votoatiny lahatsoratra
#BUGUN TUG’ILGAN KUN AKADEMIK BORIS BEGLOV Taniqli kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Beglov Boris Mixaylovich 1938-yil 8-iyulda Novomoskovskda tavallud topgan. 1955-yilda Chirchiq sharining 8-oʻrta maktabini kumush medali bilan bitirdi. 1960-yilda Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida muhandis-texnolog malakasini oldi. 1963-yilda OʻzSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1970 - 1972-yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi. 1982-yilgacha institutning fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, soʻngra 1989-yilgacha institut direktori boʻlib faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda OʻzR Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli oʻg'itlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, OʻzR Fanlar akademiyasining Oʻzbek kimyo jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari, "Kimyo texnologiyasi. Boshqaruv va nazorat" jurnalining tahririyat kengashi aʼzosi boʻlib ish faoliyatini yuritmoqda. 1964-yilda 26 yoshlik Boris Beglov Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida nomzodlik, 1975-yilda esadoktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar muallifidir. Akademik Boris Mixaylovichni bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, o’zbek ilm-fani ravnaqi yo’lida kuch-g’ayrat tilaymiz. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram