TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Miverina amin'ny lisitry ny fantsona
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT CHAT

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

@unkiuz

Education

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali

Mpandray347Mpandray ankehitriny
Lahatsoratra arahi-maso480Isan'ny lahatsoratra voasoratra
Fahatrarana vao haingana2,435Totalin'ny fijery vao haingana
Lahatsoratra vao haingana

Lahatsoratra vao haingana

Marika: #bugun · 7 lahatsoratra

当前筛选 #bugun清除筛选

#BUGUN TUG‘ILGAN KUN Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining yetuk olimi, texnika fanlari doktori, professor Farxod Maxkamovich Yusupov tavallud topgan kun! Farxod Yusupov kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida samarali ilmiy faoliyat olib borib, ko‘plab ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Olim ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shib, yosh tadqiqotchilar va doktorantlar uchun ustoz sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Professor F.Yusupov rahbarligida bir qator ilmiy ishlanmalar amalga oshirilib, kimyo texnologiyasi, xomashyoni qayta ishlash va turli kimyoviy jarayonlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida muhim natijalar qo‘lga kiritilgan. F.Yusupov ustoz sifatida u ko‘plab yosh olimlarning ilmiy yo‘lini shakllantirishda, ilmiy maktab yaratishda ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Professor Farxod Maxkamovichni bugungi tavallud ayyomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, ilmiy faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz. Ilm-fan ravnaqi yo‘lida qilayotgan samarali mehnatlari bardavom bo‘lsin! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

267 views

Hashtags

#BUGUN TUG‘ILGAN KUN Professor Baxtiyor Zakirov 80 yoshda! Kimyo fanlari doktori, professor Baxtiyor Zakirov mineral oʻgʻitlar, defoliantlar, polifunksional xususiyatlarga ega boʻlgan stimulyatorlar kimyosi va texnologiyasining ilmiy asoslarini yaratishga salmoqli hissasini qoʻshgan, ularni kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligiga joriy qilgan amaliyotchi olim. Olim 200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 18 ta mualliflik guvohnomalari, patentlar va monografiya muallifi. Ulardan 130 tasi mustaqillik yillarida chop etilgan. B.Zakirov 90 dan ziyod murakkab komponentli, tarkibida mineral oʻgʻitlar, kislotalar, fiziologik faol moddalar mavjud sistemalarni izotermik va politermik sharoitida tadqiqot qildi va ilk bor yangi 26 ta birikmalar hosil boʻlishini aniqladi va turli fizik-kimyoviy usullar yordamida ularni isbotladi. Azotli oʻgʻitlarni sirt faol moddalar bilan takomillashtirishni nazariy asoslarini yaratdi va ularning oʻzaro taʼsirini, oʻzgarishini, ammiak selitrasini parchalash kinetikasini aniqladi hamda ammiak selitrasini qattiqlashish yangi mexanizmini taqdim etdi. Baxtiyor Zakirov “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan tadqirlangan. Professor Baxtiyor Sabirjanovichni bugungi qutlug‘ yoshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan qutlaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, ilm-fan ravnaqida yo‘lida, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz! Bizni kuzating 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

366 views

Hashtags

#BUGUN TUG‘ILGAN KUN Akademik Shafaat Namazov Taniqli kimyogar-olim, noorganik moddalar texnologiyasi bo‘yicha yirik seleksiya va innovatsion maktab yaratgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Namazov Shafaat Sattarovich 1942-yil 10-dekabrda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1967-yilda Toshkent politexnika institutini kimyogar-muhandis sifatida tamomlab, milliy kimyo sanoati va fanining rivojiga 56 yildan ortiq umrini bag‘ishladi. Sh.Namazov 1972-yilda nomzodlik, 1988-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilk bor Sh.Namazov tomonidan Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlarini kam meʼyordagi nitrat kislotasi bilan qayta ishlab olingan mahsulotdan kalsiy nitratni ajratib olish orqali ularni kimyoviy boyitishining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi. Mazkur usulning termik usulga nisbatan asosiy afzalliklari: 100% fosfor foskonsentrat tarkibida qoladi, uni qayta ishlaganda 25-30% sulfat kislota tejaladi va shuncha miqdorda fosfogips chiqindisi kamayadi. Boyitishning chiqindi mahsuloti kalsiy nitrat bo‘lib, barcha ekinlar uchun eng samarali azotkalsiyli o‘g‘it hisoblanadi. Аkademik Sh.Namazov rahbarligida 14 nafar fan doktori, 23 nafar fan nomzodi, 18 nafar falsafa doktori (PhD) hamda 30 dan ortiq magistrlar tayyorlangan. U yaratgan ilmiy maktab – mineral va organomineral o‘g‘itlar kimyosi bo‘yicha mamlakatimizda va xorijda tan olingan yetakchi maktablardan biridir. Olim 1000 dan ortiq ilmiy ishlari - 262 ta xorijiy jurnallarda maqola, 13 ta monografiya, 50 dan ortiq patent va guvohnomalar muallifi. Аkademik Sh. Namazov “Oʼzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Akademik Shafaat Sattarovichni bugungi tug‘ilgan kuni munosabati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, o‘zbek ilm-fani ravnaqi yo‘lida sobitqadamlik, kuch-g‘ayrat tilaymiz! 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

351 views

Hashtags

#BUGUN TUG’ILGAN KUN AKADEMIK BORIS BEGLOV Taniqli kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Beglov Boris Mixaylovich 1938-yil 8-iyulda Novomoskovskda tavallud topgan. 1955-yilda Chirchiq sharining 8-oʻrta maktabini kumush medali bilan bitirdi. 1960-yilda Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida muhandis-texnolog malakasini oldi. 1963-yilda OʻzSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1970 - 1972-yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi. 1982-yilgacha institutning fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, soʻngra 1989-yilgacha institut direktori boʻlib faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda OʻzR Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli oʻg'itlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, OʻzR Fanlar akademiyasining Oʻzbek kimyo jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari, "Kimyo texnologiyasi. Boshqaruv va nazorat" jurnalining tahririyat kengashi aʼzosi boʻlib ish faoliyatini yuritmoqda. 1964-yilda 26 yoshlik Boris Beglov Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida nomzodlik, 1975-yilda esadoktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar muallifidir. Akademik Boris Mixaylovichni bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, o’zbek ilm-fani ravnaqi yo’lida kuch-g’ayrat tilaymiz. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

317 views

Hashtags

#BUGUN TUG’ILGAN KUN PROFESSOR MASTURA ISKANDAROVA 🔖 Texnika fanlari doktori, professor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi. Iskandarova Mastura 1948-yil 28-martda Chimkent viloyati, Sayram tumanidagi Qoramurt qishlogʼida tugʼilgan. ➡️ 1970-yildan ToshPI (keyinchalik Toshkent kimyo-texnologiya instutituti)da, 1999-yildan “Fan va taraqqiyot” DUKda, 2004-2006-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, 2010-yildan OʼzR FА Umumiy va noorganik kimyo institutida faoliyatni boshlab, 2013-2020 yillarda “Strom” ilmiy laboratoriyasi va sinov markazi rahbari, 2021-yildan shu laboratoriyaning bosh ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda. ❗️ Аsosiy ilmiy yoʼnalishi - energiya sigʼimi kam past uglerodli klinkerlar, tabiiy va texnogen mineral chiqindilar va ularning gibridlari bilan legirlangan kam klinkerli sementlar olishning fizik-kimyoviy asoslari va “yashil” energiya-resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish. ▶️ Hozirda M. Iskandarova atmosferaga karbonat angidridini kam chiqaradigan, kimyoviy reaksiyaga kirishish faolligi yuqori xom-ashyo aralashmalaridan klinker olishni, sement tarkibidagi klinkerni maʼlum miqdorini almashtirish qobiliyatiga ega boʼlgan karbonatli qoʼshimchalar va ularning gibridlarini shakllantirib, xossalari yaxshilangan sementlar olish borasida tadqiqotlar olib bormoqda. ✏️ Uning ilmiy-amaliy izlanishlari natijalari boʼyicha 3ta oʼquv darslik va qoʼllanma, 4ta monogrfiya chop etilgan. U jami 600 dan ziyod, shu jumladan, nufuzli xorij jurnallari va toʼplamlarida chop etilgan maqola va tezislar, 11 ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi, 1ta Rossiya patenti, 4 ta Oʼzbekiston patenti va 3ta foydali modelga patentlarning muallifi. ✔️ U 5 ta fan nomzodi, 4 ta falsafa doktori (RhD), 4 ta fan doktori dissertatsiyasiga rasman ilmiy rahbarlik qilgan va 16 nafar ilmiy daraja talabgorlariga tadqiqotlar olib borishda va dissertatsiya tayyorlashda norasmiy maslahatchi boʼlgan. Olima Mastura Iskandarovani bugungi tug’ilgan kuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, ilm-fan ravnaqi yo‘lida uzoq yillar o‘z hissalarini qo‘shishda, ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz! 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

325 views

Hashtags

#bugun#Xotira 📌 Taniqli olim, fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, professor, akademik Karim Ahmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi. 🎤Respondent - Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor Dilnoza Jumayeva 📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Toshkentda - Fm 87.9 va Respublika hududida 103'1da) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi. 📆Muallif- Durdona Ma'diyeva @DurdonaDilshod

437 views

#bugun#Xotira 📌 Taniqli olim, fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, professor, akademik Karim Ahmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi. 📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Toshkentda - Fm 87.9 va Respublika hududida 103'1da) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi. 📆Muallif- Durdona Ma'diyeva @DurdonaDilshod

372 views