TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT POST

Post #619

@unkiuz

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

Fijery351Isan'ny fijery
Navoaka10 Des2025-12-10 10:16
Votoatiny

Votoatiny lahatsoratra

#BUGUN TUG‘ILGAN KUN Akademik Shafaat Namazov Taniqli kimyogar-olim, noorganik moddalar texnologiyasi bo‘yicha yirik seleksiya va innovatsion maktab yaratgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Namazov Shafaat Sattarovich 1942-yil 10-dekabrda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1967-yilda Toshkent politexnika institutini kimyogar-muhandis sifatida tamomlab, milliy kimyo sanoati va fanining rivojiga 56 yildan ortiq umrini bag‘ishladi. Sh.Namazov 1972-yilda nomzodlik, 1988-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilk bor Sh.Namazov tomonidan Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlarini kam meʼyordagi nitrat kislotasi bilan qayta ishlab olingan mahsulotdan kalsiy nitratni ajratib olish orqali ularni kimyoviy boyitishining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi. Mazkur usulning termik usulga nisbatan asosiy afzalliklari: 100% fosfor foskonsentrat tarkibida qoladi, uni qayta ishlaganda 25-30% sulfat kislota tejaladi va shuncha miqdorda fosfogips chiqindisi kamayadi. Boyitishning chiqindi mahsuloti kalsiy nitrat bo‘lib, barcha ekinlar uchun eng samarali azotkalsiyli o‘g‘it hisoblanadi. Аkademik Sh.Namazov rahbarligida 14 nafar fan doktori, 23 nafar fan nomzodi, 18 nafar falsafa doktori (PhD) hamda 30 dan ortiq magistrlar tayyorlangan. U yaratgan ilmiy maktab – mineral va organomineral o‘g‘itlar kimyosi bo‘yicha mamlakatimizda va xorijda tan olingan yetakchi maktablardan biridir. Olim 1000 dan ortiq ilmiy ishlari - 262 ta xorijiy jurnallarda maqola, 13 ta monografiya, 50 dan ortiq patent va guvohnomalar muallifi. Аkademik Sh. Namazov “Oʼzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Akademik Shafaat Sattarovichni bugungi tug‘ilgan kuni munosabati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, o‘zbek ilm-fani ravnaqi yo‘lida sobitqadamlik, kuch-g‘ayrat tilaymiz! 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram