Votoatiny lahatsoratra
#BUGUN TUG‘ILGAN KUN Professor Baxtiyor Zakirov 80 yoshda! Kimyo fanlari doktori, professor Baxtiyor Zakirov mineral oʻgʻitlar, defoliantlar, polifunksional xususiyatlarga ega boʻlgan stimulyatorlar kimyosi va texnologiyasining ilmiy asoslarini yaratishga salmoqli hissasini qoʻshgan, ularni kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligiga joriy qilgan amaliyotchi olim. Olim 200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 18 ta mualliflik guvohnomalari, patentlar va monografiya muallifi. Ulardan 130 tasi mustaqillik yillarida chop etilgan. B.Zakirov 90 dan ziyod murakkab komponentli, tarkibida mineral oʻgʻitlar, kislotalar, fiziologik faol moddalar mavjud sistemalarni izotermik va politermik sharoitida tadqiqot qildi va ilk bor yangi 26 ta birikmalar hosil boʻlishini aniqladi va turli fizik-kimyoviy usullar yordamida ularni isbotladi. Azotli oʻgʻitlarni sirt faol moddalar bilan takomillashtirishni nazariy asoslarini yaratdi va ularning oʻzaro taʼsirini, oʻzgarishini, ammiak selitrasini parchalash kinetikasini aniqladi hamda ammiak selitrasini qattiqlashish yangi mexanizmini taqdim etdi. Baxtiyor Zakirov “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan tadqirlangan. Professor Baxtiyor Sabirjanovichni bugungi qutlug‘ yoshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan qutlaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, ilm-fan ravnaqida yo‘lida, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz! Bizni kuzating 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram