TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori avatar

TGINSIGHT POST

Post #7406

@buxdurektori

Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

Прегледи1,780Број на прегледи
Објавено9 окт.09.10.2025 г., 08:27
Содржина

Содржина на објавата

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅ Xalqaro e’tirof: Buxoro davlat universiteti haqida Bolgariyada maqola e’lon qilindi! Buxoro davlat universiteti xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyati yildan-yilga kengayib, xalqaro maydonda ham keng e’tirof etilmoqda. Shu kunlarda Bolgariyaning nufuzli Sofiya universiteti (University of Sofia “St. Kliment Ohridski”) rasmiy veb-saytidaBuxoro davlat universiteti delegatsiyasining mazkur oliygohdagi uchrashuvlari va hamkorlik tashabbuslariga bag‘ishlangan maxsus maqola e’lon qilindi. Maqolada Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda universitet talabalari Sofiya universiteti Iqtisodiyot va biznes ma’muriyati fakulteti talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuv tafsilotlari yoritilgan. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talaba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu maqola Buxoro davlat universitetining xalqaro nufuzining ortib borayotgani, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi. Buxoro davlat universiteti jamoasi har tomonlama ochiqlik, innovatsion fikrlash va xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida faol ish olib bormoqda. 📰 Maqolani to‘liq o‘qish uchun havola:https://www.uni-sofia.bg/index.php/eng/the_university/faculties/faculty_of_economics_and_business_administration/news/meeting_of_students_at_feba_with_the_rector_of_bukhara_state_university_uzbekistan #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Education#Science#AI#Partnership#Uzbekistan#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook