TGINSIGHT CHAT
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
@buxdurektori
EducationБухоро давлат университети ректори Обиджон Хамидовнинг телеграм канали Facebook: /obidjon.khamidov.98 Вазирлик телеграм канали - @eduuz Университет телеграм канали - @buxdu_uz
Неодамнешни објави
Ознака: #sofiauniversity · 9 објави
Објавено 29 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅ Bolgariyaning “Kliment Oxridskiy” nomidagi Sofiya universiteti delegatsiyasi BuxDUda! 🇧🇬🇺🇿 Buxoro davlat universitetiga Bolgariyaning nufuzli “Kliment Oxridskiy” nomidagi Sofiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati samimiy kutib oldi. 🔺 Tashrif davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi masalalarini muhokama qildilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sari muhim qadam bo‘ldi. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Bulgaria#AcademicExchange#EducationPartnership 👶👧🧒👦👩🧑👨👩🦱🧑🦱👨🦱👩🦰🧑🦰 Bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Telegram 🌐Instagram🌐Facebook🌐Web-sayt🌐Youtube
Објавено 10 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅BuxDU va Sofiya universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik yangi bosqichda 🚛 Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov Bolgariyaga rasmiy tashrifi doirasida “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofiya universiteti ilmiy tadqiqotlar va loyiha ishlanmalar bo‘yicha prorektor, akademik professor Tony Spassov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar kimyo, biologiya va fizika yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot hamkorligini kuchaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlarda birgalikda ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar. 🔺 BuxDU delegatsiyasi shuningdek Sofiya universitetining “Mexatronika va toza texnologiyalar bo‘yicha Milliy markazi” (National Center for Mechatronics and Clean Technologies)da ham bo‘ldi. Ushbu markaz “Lozenets” kampusida, universitetning Kimyo va farmatsiya fakulteti hamda Fizika fakulteti bazasida faoliyat yuritadi. Mazkur tashrif davomida yuqori texnologik laboratoriyalar faoliyati, ularning zamonaviy ilmiy uskunalari hamda innovatsion tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishildi. 🔸 Uchrashuv yakunida tomonlar BuxDUning kimyo, biologiya va fizika yo‘nalishlaridagi olim va tadqiqotchilari uchun qo‘shma ilmiy loyihalar, maqolalar, stajirovkalar va amaliy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 9 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅Buxoro davlat universiteti va Sofiya universiteti o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi Bugun Bolgariyaning nufuzli “Sv. Kliment Oxridskiy” nomidagi Sofiya universitetidaBuxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov ushbu oliygohning Mumtoz va zamonaviy filologiya fakulteti dekani, PhD Gergana Petkova bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro ilmiy va ta’limiy hamkorlik istiqbollarini keng muhokama qilib, yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Uchrashuvda eng avvalo Sofiya universitetida O‘zbek tili markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Mazkur tashabbus Bolgariya oliy ta’lim muassasasida o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha mustahkam akademik asos yaratishga, shuningdek, o‘zbek tili va madaniyatining xalqaro maydonda yanada keng targ‘ib qilinishiga xizmat qiladi. Shuningdek, Sofiya universitetining o‘quv rejasiga “O‘zbek tili” fani xorijiy til sifatida kiritilishi, bu yo‘nalishda Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining dars berish faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Tomonlar har yili malakali mutaxassisni yuborish, uning Bolgariyada dars mashg‘ulotlarini olib borishini ta’minlash yuzasidan kelishuvga erishdilar. Muloqot davomida ikki oliygoh olimlarining SCOPUS bazasiga kiritilgan xalqaro ilmiy jurnallarda qo‘shma maqolalar chop etish, ilmiy loyihalar va grant dasturlarda hamkorlikda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi. Bu tashabbus ilmiy salohiyatni oshirish, filologiya va tilshunoslik yo‘nalishlarida yangi ilmiy natijalar yaratish uchun muhim poydevor bo‘ladi. Bundan tashqari, Buxoro davlat universitetida Sofiya universiteti tadqiqotchilari uchun Sharqshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va qiyosiy tilshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish, PhD darajasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish va himoya qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu maqsadda BuxDU negizida filologiya sohasidagi qo‘shma ilmiy guruhni tashkil etish taklifi bildirildi. Uchrashuv yakunida professor Obidjon Xamidov hamkorlikni tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Buxoro davlat universiteti va Sofiya universiteti o‘rtasida hamkorlikning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va imzolash tashabbusini ilgari surdi. Mazkur uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zbek tili va madaniyatining Yevropada kengroq tanilishi, shuningdek, Buxoro davlat universitetining xalqaro nufuzini oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Education#Science#AI#Partnership#Uzbekistan#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 9 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov Bolgariyaning “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofiya universiteti Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi fakultetida uchrashuv o‘tkazdi 🚛 Uchrashuvda fakultet dekani, dotsent doktor Atanas Georgiev hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida tomonlar iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, yashil energetika, innovatsion boshqaruv va ta’lim sifatini oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 🔸 Shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi dasturlari, hamda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini iqtisodiy ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tib, O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash sari muhim qadam bo‘ldi. #BuxDU#SofiaUniversity#EconomicsFaculty#InternationalCooperation#Education#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 9 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅ Xalqaro e’tirof: Buxoro davlat universiteti haqida Bolgariyada maqola e’lon qilindi! Buxoro davlat universiteti xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyati yildan-yilga kengayib, xalqaro maydonda ham keng e’tirof etilmoqda. Shu kunlarda Bolgariyaning nufuzli Sofiya universiteti (University of Sofia “St. Kliment Ohridski”) rasmiy veb-saytidaBuxoro davlat universiteti delegatsiyasining mazkur oliygohdagi uchrashuvlari va hamkorlik tashabbuslariga bag‘ishlangan maxsus maqola e’lon qilindi. Maqolada Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda universitet talabalari Sofiya universiteti Iqtisodiyot va biznes ma’muriyati fakulteti talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuv tafsilotlari yoritilgan. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talaba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu maqola Buxoro davlat universitetining xalqaro nufuzining ortib borayotgani, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi. Buxoro davlat universiteti jamoasi har tomonlama ochiqlik, innovatsion fikrlash va xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida faol ish olib bormoqda. 📰 Maqolani to‘liq o‘qish uchun havola:https://www.uni-sofia.bg/index.php/eng/the_university/faculties/faculty_of_economics_and_business_administration/news/meeting_of_students_at_feba_with_the_rector_of_bukhara_state_university_uzbekistan #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Education#Science#AI#Partnership#Uzbekistan#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 8 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅BuxDU rektori Sofiya universiteti talabalari uchun ma’ruzalar o‘qidi 🇺🇿🇧🇬 Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov Bolgariyaning “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofiya universiteti talabalari uchun 12 soatlik ma’ruzalar o‘qidi. 📚 Ma’ruzalar quyidagi mavzularga bag‘ishlandi: ➡️ Circular economy as a strategic path to sustainable development: Uzbekistan’s vision and commitment ➡️ Investment potential of Uzbekistan ➡️ Tourism potential of Uzbekistan Darslar davomida professor Obidjon Xamidov O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari, investitsiya imkoniyatlari va turizm sohasidagi salohiyati haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi. Qiziqarli darslardan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, faol muloqot olib bordilar. Mazkur uchrashuv o‘zaro tajriba almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi. 👏 Ma’ruzalar yakunida Sofiya universiteti ta’lim ishlari bo‘yicha prorektori, professor Madeleine Danova tomonidan BuxDU rektoriga sertifikat topshirildi. Ushbu tashrif O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Education#CircularEconomy#Uzbekistan#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 8 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti va Sofiya universiteti o‘rtasida iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi 🚛 Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov Bolgariyaning “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofiya universiteti Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi fakulteti dekani, dotsent doktor Atanas Georgiev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, yashil energetika va innovatsion boshqaruv yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qildilar. 🔸 Shuningdek, universitetlar o‘rtasida talaba va o‘qituvchi almashinuvi, qo‘shma ilmiy maqolalar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Education#Science#AI#Partnership#Uzbekistan#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 7 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅ BuxDU va Sofiya universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda 🚛 Buxoro davlat universiteti rektori professor Obidjon Xamidov Bolgariyaning “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofia Universiteti o'quv ishlari bo‘yicha prorektori Prof. Madeleine Danova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish borasida muhim kelishuvlarga erishdilar. Jumladan, Ilmiy tadqiqotlar (fizika, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlar) bo‘yicha hamkorlik; ingliz tili va raqamli ta’lim yo‘nalishida qo‘shma magistratura dasturlarini tashkil etish; qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etish; xalqaro loyihalar va o‘quv almashuv dasturlarini rivojlantirish. 🔴Ushbu tashrif O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Education#Science#AI#Partnership#Uzbekistan#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook
Објавено 6 окт.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅Buxoro davlat universiteti Bolgariyada xalqaro anjumanni hamkorlikda o’tkazmoqda. 🚛 Bolgariyaning “Sv. Kliment Oxridskiy” nomidagi Sofiya universitetida “Sharq va G‘arb: ilmiy bilimlar sinergiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tmoqda. Mazkur nufuzli ilmiy anjuman Sofiya universiteti (Bolgariya), Samarqand davlat universiteti va Buxoro davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda Sharq va G‘arb mamlakatlari olimlari, tadqiqotchilar hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiyaning birinchi sessiyasida Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov “Educational Bridges Between East and West: The MA Double Degree Programme of Sofia University and Bukhara State University as a Model of Scientific Synergy” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 🔹 Ma’ruzada BuxDU va Sofiya universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma magistratura dasturi ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikning samarali modeli sifatida e’tirof etildi. Tadbir davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. #XalqaroKonferensiya#SofiaUniversity#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook