TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori avatar

TGINSIGHT POST

Post #7409

@buxdurektori

Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

Прегледи386Број на прегледи
Објавено9 окт.09.10.2025 г., 08:29
Содржина

Содржина на објавата

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov Bolgariyaning “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofiya universiteti Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi fakultetida uchrashuv o‘tkazdi 🚛 Uchrashuvda fakultet dekani, dotsent doktor Atanas Georgiev hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida tomonlar iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, yashil energetika, innovatsion boshqaruv va ta’lim sifatini oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 🔸 Shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi dasturlari, hamda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini iqtisodiy ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tib, O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash sari muhim qadam bo‘ldi. #BuxDU#SofiaUniversity#EconomicsFaculty#InternationalCooperation#Education#Bulgaria Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook