TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori avatar

TGINSIGHT POST

Post #7415

@buxdurektori

Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

Прегледи1,520Број на прегледи
Објавено10 окт.10.10.2025 г., 05:07
Содржина

Содржина на објавата

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅BuxDU va Sofiya universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik yangi bosqichda 🚛 Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov Bolgariyaga rasmiy tashrifi doirasida “St. Kliment Ohridski” nomidagi Sofiya universiteti ilmiy tadqiqotlar va loyiha ishlanmalar bo‘yicha prorektor, akademik professor Tony Spassov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar kimyo, biologiya va fizika yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot hamkorligini kuchaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlarda birgalikda ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar. 🔺 BuxDU delegatsiyasi shuningdek Sofiya universitetining “Mexatronika va toza texnologiyalar bo‘yicha Milliy markazi” (National Center for Mechatronics and Clean Technologies)da ham bo‘ldi. Ushbu markaz “Lozenets” kampusida, universitetning Kimyo va farmatsiya fakulteti hamda Fizika fakulteti bazasida faoliyat yuritadi. Mazkur tashrif davomida yuqori texnologik laboratoriyalar faoliyati, ularning zamonaviy ilmiy uskunalari hamda innovatsion tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishildi. 🔸 Uchrashuv yakunida tomonlar BuxDUning kimyo, biologiya va fizika yo‘nalishlaridagi olim va tadqiqotchilari uchun qo‘shma ilmiy loyihalar, maqolalar, stajirovkalar va amaliy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook