@dasturlash_hayoti · Post #3946 · 28.08.2025 г., 09:35
#python#fstring#dasturlash_hayoti 🧑💻Python’da f-string — eng qulay formatlash usuli Ko‘pchilik dasturchilar matn ichida o‘zgaruvchi qo‘shish uchun + yoki .format() dan foydalanadi. Lekin f-string bilan buni juda oson qilish mumkin 👇 ism = "Ali" yosh = 20 print(f"Mening ismim {ism}, yoshim {yosh} da.") ✅Natija: Mening ismim Ali, yoshim 20 da. F-string afzalliklari: ◾️Sodda va tez yoziladi ◾️O‘qilishi ancha qulay ◾️To‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda ham yozsa bo‘ladi print(f"5 + 3 = {5+3}") ✅Natija: 5 + 3 = 8 😅 Endi + bilan stringlarni qo‘shib, matematika darsida o‘tirgandek qiynalmaysiz. ❓ Siz kodda qaysi usuldan foydalanasiz: +, .format() yoki f-string? Izohlarda yozib qoldiring 👇 💻@dasturlash_hayoti — kichik sirlar, katta foyda!😉