Добрый день, дорогой студент интенсива!
🎲 Это дружеское напоминание о втором занятии с Анной Чувилиной “Решение задач по программированию на блок-схемах” сегодня 18 августа в 19:00 (мск).
❗️ ВНИМАНИЕ ССЫЛКА: встреча пройдет по ссылке на трансляцию
Ждем в 19:00 (мск)!
📝По просьбе преподавателя Анны просим подготовить к занятию бумагу с ручкой или редактор на ноутбуке.
Не забудьте подписаться на:
— Наш Youtube-канал
— Канал в Discord#python-и-математика-интенсив, там будут обсуждения и объявления
Если есть вопросы, писать в Discord/Telegram или на [email protected]
#AtlasBayrami
📌2017 yil 12–16 sentyabr kunlari Margʻilon shahrida III an’anaviy to‘qimachilik festivali — “Atlas bayrami” o‘tkazildi.
⚡️Mazkur festival milliy nomoddiy madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish, an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
📊Tadbir Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirokida o‘tkazilib, mintaqaviy madaniy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
📊Festival dasturidan amaliy seminar-treninglar, xalqaro ilmiy konferensiya, an’anaviy to‘qimachilik ko‘rgazmasi, hunarmandlar yarmarkasi, milliy matolar asosidagi moda namoyishlari hamda xalq sayillari o‘rin oldi.
✅“Atlas bayrami” Marg‘ilonning boy to‘qimachilik an’analarini keng namoyish etib, milliy matolarimizning nufuzini oshirishga xizmat qildi.
festivaldan olingan foto materiallar arxivdan foydalanildi.
Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'lla
#AtlasBayrami
🗓 2016 yil, 6–10 sentabr
📍 Marg‘ilan shahri
⚡️2016 yilda Marg‘ilanda II an’anaviy to‘qimachilik festivali – «Atlas Bayrami» o‘tkazildi. Mazkur festival UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Farg‘ona viloyati va Marg‘ilan shahar hokimliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Hunarmand uyushmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi.
📌Festivalning asosiy maqsadi — milliy to‘qimachilik an’analarini namoyish etish, yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va soha rivojiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.
➡️60 nafar dan ortiq hunarmand ishtirok etgan amaliy treninglar o‘tkazildi. Ular an’anaviy kashtachilik, tabiiy bo‘yoqlar, libos dizayni, marketing va kommunikatsiya yo‘nalishlarida bilimlarini oshirdilar.
🤝 Festival hamkorlaridan biri — Ucell kompaniyasi yosh hunarmandlar uchun ta’limiy va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, internet orqali mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha maxsus trening tashkil etildi.
✅9 sentabr kuni “O‘zbek tekstili va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi. Unda soha mutaxassislari sifat mezonlari va an’analarni asrash bo‘yicha takliflar ishlab chiqdilar.
📊Yosh dizaynerlar show-defilesida ularning ijodiy ishlari namoyish etildi. Haqamlar hay’ati tarkibida Bibi Russell ishtirok etdi.
📊Festival yakunida g‘olib hunarmandlar taqdirlandi va gala-konsert dasturi o‘tkazildi.
🇺🇿«Atlas Bayrami» nafaqat milliy matolarimizning go‘zalligini, balki xalqimizning boy madaniy merosini jahonga namoyon etuvchi muhim maydon sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
📸 Foto: Xusniddin Ato
📝Material arkiv materiallari asosida tayyorlandi
#AtlasBayrami#MilliyMeros#Hunarmandchilik#Margilan
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llas