@navoiyekopartiya · Post #20792 · 17.03.2026 г., 03:41
#Xatirchi #Ayollar Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan Galabek mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida mahalladagi faol xotin-qizlar va yosh onalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ayollarning ekologik madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni, oilada va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr almashildi. Zero, ayol – oilaning tarbiyachisi, kelajak avlodga ekologik ong va mas’uliyatni singdiruvchi asosiy kuchdir. Shuningdek, davra suhbati davomida ayollar salomatligini muhofaza qilish, toza ekologik muhitning inson salomatligiga ta’siri, turli kasalliklarning oldini olishda gigiyena va ekologik tozalikka rioya etishning ahamiyati haqida ham foydali ma’lumotlar berildi. Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya