@uztmk_official · Post #2370 · 05.08.2025 г., 13:03
#TMK#Kanada 🇨🇦 TMK – Kanadaning global ekspertlari bilan yangi bosqichda! ✅ TMKda Kanadaning Kingston Process Metallurgy(KPM) kompaniyasi asoschisi va rahbari Boyd Davis bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. 👆 Uchrashuv davomida TMK faoliyati va istiqbolli rejalari taqdim etildi. Muhokamalar asosan konlardan titan va magniy oksidlarini ajratib olish loyihalariga qaratildi. 🗣️"Biz TMKning hozirgi olib borayotgan faoliyatidan kelib chiqib, uning yaqin kelajakda katta natijalarga erishishiga ishonyapmiz,” — dedi KPM rahbari Boyd Davis. ✔️Uchrashuv yakunida tomonlar dastlabki tadqiqotlarni o‘tkazish va Konseptual Baholash hisobotlarini ishlab chiqishni boshlashga kelishib oldilar. 📍Ma'lumot uchun, KPM kompaniyasi metallurgiya, kritik metallar, mineralni qayta ishlash hamda innovatsion texnologik yechimlar yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. U AQSh, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Chili va Janubiy Afrika kabi davlatlarda yirik loyihalarni amalga oshirgan. 🔹🔹🔹 🔗На русском языке 🔗In English 🗄🗄🗄🗄 ✅OʻzTMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram