@ohangaronshahar · Post #78188 · 14.04.2026 г., 10:56
#muloqot Ijtimoiy xodimlar bilan uchrashuv — muammolar va yechimlar muhokama markazida Zoyir Mirzayev Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hududida tuman-shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh ijtimoiy xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida viloyat rahbari ijtimoiy xodimlar faoliyatiga alohida to‘xtalib, ularni bugungi davrning haqiqiy qahramonlari sifatida e’tirof etdi. Ta’kidlanganidek, ular har kuni insonlar dardi bilan yashab, muammolariga yechim topish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqda. Aynan shu jihat ularning mehnatini jamiyat uchun beqiyos va sharafli kasbga aylantiradi. 🌐Batafsil ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube ✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Hashtags