@toshkentvxtb · Post #85341 · 21.03.2026 г., 03:11
#TABRIK Aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar! Yurtimizda uyg‘onish, yasharish va yangilanish fasli — Navro‘zi olam nafasi keng yoyilib, tabiat bilan birga inson qalblariga ham iliqlik va ilhom bag‘ishlamoqda. Xalqimiz asrlar davomida ushbu qutlug‘ ayyomni alohida shukuh, yuksak kayfiyat va samimiy quvonch bilan qarshi olib kelmoqda. Allohga shukrki, bugun yurtimiz tinch va osoyishta, mamlakatimiz obod va taraqqiy etmoqda. Ana shunday fayzli zaminda, obod maskanlarda biz azaliy va abadiy qadriyatlarimizning yorqin timsoli bo‘lgan Navro‘zi olamni katta shodiyona va cheksiz mamnuniyat bilan qarshi olmoqdamiz. Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan barchangizni yangilanish va yasharish ramzi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu va sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin! Navro‘zi olam har bir xonadonga baxt-saodat, qut-baraka va farovonlik olib kirsin. Bahorning iliq nafasi, Navro‘zning quvonchli kayfiyati qalblaringizni doimo ilhom va ezgulikka chorlab tursin! Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin! Shukur Burxonov Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Hashtags