@chirchikmuseum · Post #18815 · 23.04.2026 г., 15:09
#talabalar tashrifi. 🏛 Bugun Chirchiq shahar tarixi muzeyiga Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari tashrif buyurib, muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. ✨ Ekskursiya davomida ularga shaharning shakllanish tarixi, muhim tarixiy voqealar hamda muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✨Talabalar tarixiy ashyolar orqali o‘tmish hayot manzaralarini tasavvur qilish imkoniga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Mazkur tashrif ularning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Telegram 📨 - You Tube🔴 - Web sayt 🌐 - Instagram🔷- Facebook🔵 - Lokatsiya🌍 - 👈👈👈 Tel: (90) 981 83 30
Hashtags