@teachforuzbekistan · Post #260 · 17.07.2025 г., 10:27
🎓Yozgi institutda darslar qizg‘in davom etmoqda! Teach For Uzbekistan dasturi doirasida ishtirokchilar uchun tashkillashtirilgan mashg‘ulotlar interaktiv, zamonaviy va amaliy bilimlarga boy tarzda o‘tkazilmoqda. 📚 Treninglar davomida bo‘lajak lider-o‘qituvchilar pedagogika, ta’lim metodikalari va sinfda samarali muloqot olib borish kabi muhim ko‘nikmalarni egallamoqdalar. Bu darslar nafaqat bilim, balki ilhom, jamoaviy ruh va kelajakdagi ta’sir uchun kuchli zamin bo‘lmoqda. #YozgiInstitut#TeachForUzbekistan#IlmUchun#YoshLiderlar#EducationForImpact#ProfessionalDevelopment#FutureTeachers Telegram |Linkedln| Instagram |Youtube