@teachforuzbekistan · Post #259 · 15.07.2025 г., 06:20
🎉Yozgi institutga rasmiy start berildi! 14-iyul kuni Teach For Uzbekistan dasturining eng muhim bosqichlaridan biri — Yozgi institutning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 📍 Boʻstonliq tog‘lari bag‘rida, “Yoshlar oromgohi”da tashkil etilgan bu marosimda dastur ishtirokchilari, tashkilot jamoasi hamda hurmatli mehmonlar ishtirok etdi. 🎙 Institut faoliyati, maqsadlari va kelgusi haftalardagi o‘quv jarayonlari haqida Teach For Uzbekistan direktori va Yozgi institut rahbari tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. 🎵 Shuningdek, ochilish marosimidagi Rishat Band tomonidan ijro etilgan jonli kuy-qo‘shiqlar barchaga quvonch va unutilmas lahzalarni hadya etdi. 🔜 Oldinda esa — kuchli treninglar, ilhomlantiruvchi muloqotlar va o‘sish sari yo‘l! #YozgiInstitut#TeachForUzbekistan#OchilishMarosimi#IlmUchun#LiderlarTayyorlanmoqda#YoshlarKelajagi Telegram |Linkedln| Instagram |Youtube