@Fanlar_akademiyasi · Post #27405 · 04.04.2026 г., 02:19
#ilmfan "Ta'limdagi muammolarimiz" - Shavkat AYUPOV, Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik https://www.youtube.com/watch?v=eXUhN-l6M80
Hashtags
TGINSIGHT SIMILAR POSTS
Изворен канал @pythonotes · Post #175 · 30 окт.
В прошлом посте говоря "Все вызовы теперь одинаковы" я несколько слукавил. Всё-таки есть в этом зоопарке версий некоторая несовместимость вызов которой просто так не унифицировать. Эти моменты вынесены в отдельный модуль QtCompat (compatibility). Там не так много функций но они довольно полезны. Этот модуль содержит унификаци модуля shiboken2, функций loadUi, translate и несколько переименованных функций классов или изменённую сигнатуру аргументов и возвращаемых значений. Это единственное исключение из правила когда вам потребуется где-то изменить свой код кроме импортов и этот код не похож на обычный код PySide2. Например, в PyQt4 и PySide есть метод QHeaderView.setResizeMode Для PyQt5 и PySide2 они были благополучно переименованы в QHeaderView.setSectionResizeMode Чтобы применить этот метод следует использовать такой код from Qt import QtCompath header = self.horizontalHeader() QtCompat.QHeaderView.setSectionResizeMode(header, QtWidgets.QHeaderView.Fixed) Унификация загрузки UI файлов: # PySide2 from PySide2.QtUiTools import QUiLoader loader = QUiLoader() widget = loader.load(ui_file) # PyQt5 from PyQt5 import uic widget = uic.loadUi(ui_file) # Qt.py from Qt import QtCompat widget = QtCompat.loadUi(ui_file) Хорошо что таких моментов не много и их легко запомнить. Полный список можно посмотреть в таблице. #qt#tricks
Пребарај: #ilmfan
@Fanlar_akademiyasi · Post #27405 · 04.04.2026 г., 02:19
#ilmfan "Ta'limdagi muammolarimiz" - Shavkat AYUPOV, Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik https://www.youtube.com/watch?v=eXUhN-l6M80
Hashtags
@ilmiyhimoya · Post #1660 · 07.03.2025 г., 11:16
#podkast#ilmfan “Ayollar ko‘rsin” podkastining navbatdagi sonida ekspertlar ilm-fan sohasida gender tengligi masalasi, doktorantura tizimidagi islohotlarning samaradorligi, ilmiy maqolalarni chop etish masalalari hamda O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar uchun mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashdilar. To‘liq video: 👉https://youtu.be/TmCHKMpo72o Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
@bakhadirmirzaev · Post #1972 · 10.05.2024 г., 14:58
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигини иқлим ўзгаришига мослаштириш, ерлардан самарали фойдаланиш ва соҳани илмий ривожлантиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по адаптации сельского хозяйства к изменениям климата, эффективному использованию земель и развитию отраслевой науки. #Mirziyoyev#taqdimot#qishloqxujaligi#ilmfan Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
@ilmiyhimoya · Post #2312 · 22.01.2026 г., 11:08
4 ta oliygoh fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 roʻyxatida! Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” – fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi. Roʻyxatdan 4 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilk marotaba fan reytingidan joy oldi. 📊Reytingga kirgan OTMlar va natijalar: ➖ TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 301-400, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 401-500; ➖ O‘zbekiston milliy universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika fanlari boʻyicha – 801-1000; ➖ Toshkent davlat texnika universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 501-600, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 801-1000; ➖ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ta’lim – 601-800, muhandislik – 801-1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari boʻyicha – 1001+. Ma’lumot uchun, “Times Higher Education” fanlar bo‘yicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yo‘nalish, 148 ta fan kesimida baholaydi. Bu natijalar so‘nggi yillarda muhandislik, axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlar rivojiga qaratilgan tizimli e’tiborning amaliy samarasi bo‘lib, O‘zbekiston oliy ta’limi xalqaro maydonda tobora mustahkam o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. #THE_2026#GlobalRanking#IlmFan Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
Hashtags
@ilmiyhimoya · Post #1608 · 11.02.2025 г., 13:34
#haftalik#ilmfan#olimalar_kuni “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi boshlandi 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida haftalik boshlandi. Tadbirning ochilish marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ayol, biznes va innovatsiya” xalqaro forumi doirasida o‘tkazildi. Forum davomida iqtidorli yosh olimalarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga yoshlarni keng jalb etish, ayol-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ayollarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Haftalik doirasidagi tadbirlar Respublika bo‘ylab tegishli oliy ta’lim muassasalarida davom ettiriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Hashtags
@dmuctruz · Post #3123 · 22.01.2025 г., 13:57
Президент Шавкат Мирзиёев олий таълим ва илм-фан соҳасидаги устувор вазифаларга оид тақдимот билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о приоритетных задачах в области высшего образования и науки. #Mirziyoyev#taqdimot#oliytalim#ilmfan Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
@ilmiyhimoya · Post #1554 · 22.01.2025 г., 13:05
#Mirziyoyev#taqdimot#oliytalim#ilmfan 2025-yilda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafarpedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimotbilan tanishdi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
@hujayrauz · Post #3785 · 27.03.2025 г., 08:54
#Mentors_needed#Mentorlar_qidirilmoqda Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilar! 🧬 Yoz faslida 10-11-sinf bitiruvchi o‘quvchilarining biologiya va ilm-fanga qiziqishini oshirish maqsadida yangi loyiha boshlashni rejalashtirdik. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun biologiya va unga aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan mentorlar kerak. 🎓Mentor bo‘lishni istaganlar: ✅ Biologiya yoki unga aloqador sohalarda (farmatsevtika, mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, bioinformatika, biofizika, biotexnologiya va boshqalar) ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchi yoki olim bo‘lishlari. ✅ Magistraturani tamomlagan, PhD tadqiqot olib borayotgan yoki PhD darajasini yaqinda olgan bo‘lishlari. ✅1-2 nafar o‘quvchini o'z laboratoriyalarida kichik loyiha ustida ishlashga yoki o‘z tadqiqotlarining kichik bir qismini o‘rgatishga tayyor bo‘lishlari. ✅ Yozgi ta’til (iyun-avgust) davomida o‘quvchilar bilan ustoz-shogird sifatida ishlay olishlari so'raladi. Loyiha haqida qisqacha: Dastur o‘quvchilar va tadqiqotchi ustozlarni birlashtirib, 1 ga 1 shaklda ilmiy ish olib borish imkoniyatini yaratadi. Yozgi ta’til davomida o‘quvchilar mentorlari bilan kichik ilmiy loyiha ustida ishlashadi va shu orqali ilm-fanga chuqurroq kirib kelishlari uchun amaliy tajriba orttiradilar. 🙏Mentor bo‘lishni istaganlardan M.I.Muminov ga xabar berishlari so'raladi! 💡Sizning ishtirokingiz yosh avlodning ilm-fanga qadam qo‘yishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin! Mentor bo'lishni istaganlar barchaga oldindan tashakkur. #IlmFan#Mentorlik#Biologiya#KelajakOlimlari Ushbu postni loyihaga mentor bo'lishi mumkin bo'lgan do'stlaringiz bilan bo'lishing. @biology_uz
@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83198 · 12.04.2026 г., 04:05
#Chilonzor #KosmonavtlarKuni #YuriyGagarin #12Aprel #Koinot #IlmFan Chilonzorda Kosmonavtlar kuni munosabati bilan xotira tadbiri o‘tkazildi 12-aprel — Kosmonavtlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumanida joylashgan Yuriy Gagarin monumenti oldida tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo’jayev, xorijiy davlatlar elchixonalari mutasaddilari va vakillari, tashkilot va muassasalar vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etib, insoniyat tarixida yangi davrni boshlab bergan Yuriy Gagarin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. So‘zga chiqqanlar 1961-yil 12-aprel kuni amalga oshirilgan tarixiy parvoz — Vostok-1 orqali insoniyat ilk bor koinot sari yo‘l olganini alohida ta’kidladilar. Mazkur voqea nafaqat fan va texnologiya rivojiga, balki butun insoniyat tafakkuriga ulkan ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi. Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda ham kosmik sohani rivojlantirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan monument poyiga gulchambarlar qo‘yilib, buyuk kosmonavt xotirasi yana bir bor ehtirom bilan yod etildi. 👉👉👉Lavhamizda tadbir jarayonlari https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83461 · 16.04.2026 г., 13:52
#Chilonzor #YoshlarKuni #KelajakFestivali #PuchonUniversiteti #Innovatsiya #Talabalar #GozallikEstetikasi #IlmFan ⚡️CHILONZORDA “KELAJAK FESTIVALI”: YOSHLARNING INNOVATSION G‘OYALARI VA ZAMONAVIY IMKONIYATLAR NAMOYISH ETILDI Xabar berganimizdek, bugun tumandagi Puchon (Bucheon) universitetida "Kelajak festivali" doirasida tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarning bitiruv malakaviy ishlari doirasida ilgari surgan innovatsion g‘oyalari va loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Yoshlarning kreativ yondashuvlari tuman rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan muhim voqealar: 🔹 Xalqaro ilmiy konferensiya: Ta’lim va fanning dolzarb masalalari xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi; 🔹 Yangi laboratoriya ochilishi: “Go‘zallik estetikasi” fakultetining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi laboratoriyasi foydalanishga topshirildi; 🔹 Mahorat darslari va ko‘rgazmalar: Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini namoyish etuvchi turli qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar yoshlarimizning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy mahoratlarini ham oshirishga, ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi. Chilonzor yoshlari — yurtimizning intellektual salohiyati va kelajak poydevoridir! 👉👉👉 Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83396 · 16.04.2026 г., 09:58
#Chilonzor #YoshlarKuni #KelajakFestivali #PuchonUniversiteti #Innovatsiya #Talabalar #GozallikEstetikasi #IlmFan ⚡️CHILONZORDA “KELAJAK FESTIVALI”: YOSHLARNING INNOVATSION G‘OYALARI VA ZAMONAVIY IMKONIYATLAR NAMOYISH ETILDI Chilonzor tumanida "Yoshlar kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari qizg‘in pallaga kirdi. Bugun tumandagi Puchon (Bucheon) universiteti ushbu tantanalarning asosiy markaziga aylandi. "Kelajak festivali" doirasida tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarning bitiruv malakaviy ishlari doirasida ilgari surgan innovatsion g‘oyalari va loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Yoshlarning kreativ yondashuvlari tuman rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan muhim voqealar: 🔹 Xalqaro ilmiy konferensiya: Ta’lim va fanning dolzarb masalalari xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi; 🔹 Yangi laboratoriya ochilishi: “Go‘zallik estetikasi” fakultetining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi laboratoriyasi foydalanishga topshirildi; 🔹 Mahorat darslari va ko‘rgazmalar: Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini namoyish etuvchi turli qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar yoshlarimizning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy mahoratlarini ham oshirishga, ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi. Chilonzor yoshlari — yurtimizning intellektual salohiyati va kelajak poydevoridir! 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
@newuzbekistanuniversity · Post #4156 · 18.12.2025 г., 14:05
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi — YUNESKO e’tirofida! Oliygohimiz talabasi Fyodor Amanov YUNESKO tashabbusi bilan tuzilgan nufuzli “Quantum 100” ro‘yxatiga kiritildi! Bu — kvant fanlari va texnologiyalari bo‘yicha dunyodagi eng faol va yetakchi 100 nafar vakil jamlangan ro‘yxatdir. Fyodor nafaqat ushbu ro'yxatga kirdi, balki u Markaziy Osiyodan tanlangan yagona vakil bo'ldi! 🇺🇿 U NVIDIA, IBM, ETH Zurich, National University of Sinpapore, Google va Microsoft kabi nufuzli universitetlar va kompaniya yetakchilari bilan bir qatorda e'tirof etildi. 🌐 Batafsil ma'lumot: https://quantum2025.org/quantum-100-hub/ #Quantum100#YangiOzbekistonUniversiteti#FyodorAmanov#UNESCO#IlmFan#Ozbekiston ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook