@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83461 · 16.04.2026 г., 13:52
#Chilonzor #YoshlarKuni #KelajakFestivali #PuchonUniversiteti #Innovatsiya #Talabalar #GozallikEstetikasi #IlmFan ⚡️CHILONZORDA “KELAJAK FESTIVALI”: YOSHLARNING INNOVATSION G‘OYALARI VA ZAMONAVIY IMKONIYATLAR NAMOYISH ETILDI Xabar berganimizdek, bugun tumandagi Puchon (Bucheon) universitetida "Kelajak festivali" doirasida tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarning bitiruv malakaviy ishlari doirasida ilgari surgan innovatsion g‘oyalari va loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Yoshlarning kreativ yondashuvlari tuman rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan muhim voqealar: 🔹 Xalqaro ilmiy konferensiya: Ta’lim va fanning dolzarb masalalari xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi; 🔹 Yangi laboratoriya ochilishi: “Go‘zallik estetikasi” fakultetining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi laboratoriyasi foydalanishga topshirildi; 🔹 Mahorat darslari va ko‘rgazmalar: Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini namoyish etuvchi turli qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar yoshlarimizning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy mahoratlarini ham oshirishga, ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi. Chilonzor yoshlari — yurtimizning intellektual salohiyati va kelajak poydevoridir! 👉👉👉 Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi