Ранее мы уже говорили о том, как выполнить какой-либо код перед открытием интерактивной консоли.
Расскажу еще один способ! На самом деле, даже запустив интерпретатор в обычном режиме с выполнением скрипта из файла вы можете в любом месте активировать интерактивный режим. Или даже несколько по очереди. За это отвечает модуль code.
Как это может пригодиться?
🔸 Вам не хватает pdb и хочется больше "власти"
🔸 Нужно запросить у юзера данные в достаточно сложном виде. В этом случае можно попросить его создать что ему надо и сохранить в определённую переменную, с которой потом и работать.
🔸 Нужна изолированная среда для выполнения каких-либо действий.
🔸 Просто забавы ради😁
Запускается консоль очень просто
import code
ic = code.InteractiveConsole()
try:
ic.interact()
except SystemExit:
pass
Выход обратно на предыдущий уровень происходит как обычно, вызов функции exit() или клавиши Ctrl+D(Ctrl+Z для Windows).
Я набросал простой пример с некоторым функционалом
🔹 Меняются символы приглашения
🔹 В неймспейсы добавляются дополнительные объекты
🔹 Считается время, проведённое в интерактивном режиме
🔹 Скрипт просит юзера заполнить переменную и по выходу распечатывает её значение
Код здесь ↗️
Для запуска сохраните код в файл и запускайте как обычный скрипт.
python my_console.py
Для быстрого запуска можно сделать отдельный алиас
alias py="python3 /home/username/my_console.py"
#tricks#source
#TRAINING
Jamoamiz bugun navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot qizish mashqlari bilan boshlanib, jismoniy va taktik yo‘nalishda davom etdi.
“MDIST SC”da boʻlib oʻtgan mashgʻulot jarayonlarida murabbiylar shtabi hujum va himoyadagi harakatlarga e’tibor qaratishdi. Mashg‘ulot yakunida kichik o‘yinlar tashkil etildi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
BMB PFC bugundan Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichi bahslariga tayyorgarlik mashgʻulotini boshladi.
Mashgʻulot davomida tezkorlik, to‘p nazorati va kombinatsion harakatlarga alohida e’tibor qaratildi. Darvozabonlar esa individual tarzda darvozabonlar murabbiyi bilan maxsus mashg‘ulotlar bajarishdi.
Jamoamiz Jizzax shahrida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlikni davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
BMB PFC bugun ham navbatdagi reja asosidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Mashg‘ulot an’anaviy ravishda qizish mashqlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng jamoa taktik yo‘nalishda ish olib borib, hujum va himoyadagi harakatlarni takomillashtirishga e’tibor qaratdi. Mashg‘ulot doimgidek “MDIST SC”da bo‘lib o‘tdi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
BMB PFC rejaga muvofiq mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. “MDIST SC”da boʻlib oʻtayotgan mashgʻulotlar mobaynida har bir futzalchi o‘z ustida ishlab, keyingi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlikni amalga oshirmoqda. Huddi shunday mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Jamoamiz bugungi mashg‘ulotni stretching mashqlari bilan oʻtkazdi. Cho‘zilish mashqlari orqali futzalchilarimiz mushaklarni keyingi yuklamalarga tayyorlab, jarohatlar xavfini kamaytirishga alohida e’tibor qaratishdi.
Mashg‘ulot davomida tananing moslashuvchanligi va tiklanish jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan mashqlar bajarildi. Bu esa jamoamizning umumiy jismoniy holatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Jamoamiz Jizzax shahriga yetib keldi va navbatdagi tur doirasidagi uchrashuvlar oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayonlari yuqori kayfiyat va to‘liq tayyorgarlik ruhida bo‘lib o‘tdi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Bugungi mashgʻulot rejaga muvofiq yuqori kayfiyat va intizom bilan boshlandi. Dastlab jamoa umumiy qizib olish mashqlarini bajarib, organizmni asosiy yuklamalarga tayyorladi. Qizib olish jarayonlari qiziqarli va intensiv tarzda olib borildi.
Mashgʻulot davomida darvozabonlar ham alohida e’tiborda boʻlib, ular darvozabonlar murabbiyi boshchiligida individual mashgʻulotlar olib borishdi.
Shundan soʻng jamoa umumiy tarkibda taktik mashqlarga oʻtdi. Murabbiylar shtabi tomonidan belgilangan taktik topshiriqlar amaliyotda sinab koʻrildi va oʻyin davomida harakatlanish, pozitsion oʻyin hamda oʻzaro hamkorlik elementlari ustida ishlanildi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Bugun jamoamiz Oliy liga 9-turi oldidan rejalashtirilgan navbatdagi tayyorgarlik mashgʻulotini “MDIST SC” sport majmuasida oʻtkazdi. Mashgʻulot jarayonida futzalchilar murabbiylar shtabi boshchiligida asosan taktik ishlanmalar ustida ishlab, bo‘lajak uchrashuvlar uchun zarur bo‘lgan o‘yin tizimlarini amalda sinab ko‘rishdi.
Mashgʻulot yakunlangach, jamoamiz navbatdagi tur bahslarida ishtirok etish uchun Jizzax shahri tomon yoʻlga chiqdi. “Oq yoʻlbarslar” manzilga yetib borgach muhtasham “Za’faron Hotel” mehmonxonasiga joylashadi va uchrashuvoldi tayyorgarlikni davom ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, jamoamiz Oliy liga 9-turidagi ishtirokini ertaga Olmaliqning “OKMK” jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Jamoamiz bugun Universal sport majmuasida navbatdagi mashgʻulotini oʻtkazdi. Mashgʻulot jarayoni murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan turli taktik va texnik ishlanmalar asosida tashkil etildi.
Ertaga jamoamizni muhim bahs kutib turibdi — soat 17:00 da OKMKga qarshi maydonga tushamiz. Bugungi mashgʻulot uchrashuv oldi tayyorgarlik doirasida oʻtkazildi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Jamoamiz Andijon shahriga yetib keldi va navbatdagi tur doirasidagi uchrashuv oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayonlari yuqori kayfiyat va to‘liq tayyorgarlik ruhida bo‘lib o‘tdi.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
#TRAINING
Bugun jamoamiz ketma-ketlikda mashg‘ulot o‘tkazdi.
Dastlab, fitnes mashg‘uloti orqali jismoniy tayyorgarlik oshirildi, so‘ngra maydonda taktik mashg‘ulotlar olib borildi. Ushbu voqeliklarni jam qilgan videolavhani sizlarga taqdim etamiz.
Telegram|Facebook|Instagram | Uzum