@tdc_uz · Post #1710 · 09.04.2026 г., 10:45
#sana 📣Sohibqiron Amir Temur tavalludiga – 690 yil toʻldi! Bugun 9-aprel – milliy davlatchiligimiz asoschisi, buyuk sarkarda va adolatli hukmdor Amir Temur tavalludi keng nishonlanmoqda. Sohibqiron merosi – bugungi Yangi Oʻzbekiston poydevori va kuch-gʻayrat manbaidir. U zotning “Kuch – adolatda!” degan tamoyili bugun ham hayotimizning har bir jabhasida oʻz aksini topmoqda. Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan: - yurtimiz boʻylab “Amir Temur oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda; - poytaxtimizda nufuzli xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi; - “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi zamonaviy qiyofada oʻz eshiklarini qayta ochdi. Ajdodlarimiz tarixi va boy merosi bilan faxrlansak arziydi! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X #9Aprel #AmirTemur690
Hashtags