TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 9 слични објави

Пребарај: #amirtemur690

当前筛选 #amirtemur690清除筛选
Yoshlar TV | Rasmiy kanal

@yoshlar_tv · Post #18313 · 09.04.2026 г., 03:45

⚔️Bugun, 9-aprel, o‘zbek xalqining g‘ururi, adolat timsoli bo‘lgan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi “Kuch adolatda!” degan shiorni hayotiy tamoyiliga aylantirgan Sohibqiron bobomiz nafaqat yurtimiz tarixida, balki butun dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan. Ilm-fan, madaniyat va adolatli boshqaruv Amir Temur davrining asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan. U yoshlarni har doim bilim olishga, jasoratli va vatanparvar bo‘lishga undagan. #AmirTemur690

Ispan tili | Ibrat Farzandlari

@ispantili_ibrat · Post #634 · 09.04.2026 г., 16:00

🇺🇿🇪🇸Amir Temur y Embajador Clavijo Hace 600 años que el rey de Castilla envió una misión diplomática a Samarkanda. En 1406 Ruy González de Clavijo publicó su “Embajada a Tamerlan”, considerado el primer libro de viajes de literatura castellana. Fue la espada de Amir Temur, Señor de Samarkanda, el instrumento más pavoroso de Oriente. #AmirTemur690 @ispantili_ibrat

UTYCARGO Uzbekistan

@utycargo · Post #1366 · 09.04.2026 г., 07:41

📅 9-aprel — Amir Temur tavalludiga 690 yil! 🏭 Qo‘qon vagon deposida ikki kunlik bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi! “Temiryo‘lkargo” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Muxamedov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kirgizova, ma’naviyat va til masalalari bo‘yicha mas’ul xodim G. Avazova hamda yoshlar va sport yetakchisi S. Saidaliyevlar tadbirlarda faol ishtirok etishdi. 📚1-kun: Qo‘qon temir yo‘l texnikumi o‘qituvchisi K. Yakubov tomonidan “Bizkim mulki Turon” mavzusida ma’ruza tinglandi. Shundan so‘ng 6 ta jamoa o‘rtasida intellektual musobaqa bo‘lib o‘tdi — qizg‘in bahslar, kuchli raqobatga boy bo‘ldi. Yakunda esa g‘oliblarga munosib sovg‘alar taqdim qilindi! 🏆 ⚽️2-kun: 🔹 Erkaklar o‘rtasida — futbol 🎯 Ayollar o‘rtasida — darts va stol tennisi Barcha g‘oliblar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi! 🎁 🤝 Davra suhbati ayollar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi: — Ishda va oilada tazyiq — Kiber zo‘ravonlik va firibgarlik — Gender tenglik va huquqiy himoya 💬 Suhbat samimiy savol-javoblar va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi. ✨ Ushbu tadbirlar nafaqat bayramona kayfiyat ulashdi, balki jamoada birlik, ma’naviyat va sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamladi. #AmirTemur690#QoqonVagonDeposi#AmirTemurOyligi 📅 9 апреля — 690 лет со дня рождения Амира Темура! 🏭В вагонном депо Коканда на высоком уровне прошли двухдневные праздничные мероприятия! В мероприятиях приняли активное участие председатель профсоюзного комитета АО «Temiryo‘lkargo» А. Мухамедов, председатель совета женщин Н. Киргизова, ответственный сотрудник по вопросам духовности и языка Г. Авазова, а также лидер по делам молодёжи и спорта С. Саидалиев. 📚День 1: Преподаватель Кокандского железнодорожного техникума К. Якубов выступил с вдохновляющей лекцией на тему «Мы — народ Турана». Затем состоялся интеллектуальный конкурс среди 6 команд — с жаркими обсуждениями и духом здоровой конкуренции. В завершение победители были награждены достойными призами! 🏆 ⚽️День 2: 🔹 Среди мужчин — футбол 🎯 Среди женщин — дартс и настольный теннис Все победители были награждены ценными памятными подарками! 🎁 🤝 Круглый стол — в центре внимания актуальные темы В ходе мероприятия был организован открытый диалог с женщинами. Обсуждены важные вопросы: — Давление на работе и в семье — Кибернасилие и мошенничество — Гендерное равенство и правовая защита 💬 Беседа прошла в формате живого диалога, с интересными вопросами и содержательными мнениями. ✨ Эти мероприятия не только подарили праздничное настроение, но и способствовали укреплению сплочённости коллектива, духовности и здорового образа жизни. #AmirTemur690#QoqonVagonDeposi#AmirTemurOyligi https://t.me/utycargo utycargo.uz 📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram

#sana 📣Sohibqiron Amir Temur tavalludiga – 690 yil toʻldi! Bugun 9-aprel – milliy davlatchiligimiz asoschisi, buyuk sarkarda va adolatli hukmdor Amir Temur tavalludi keng nishonlanmoqda. Sohibqiron merosi – bugungi Yangi Oʻzbekiston poydevori va kuch-gʻayrat manbaidir. U zotning “Kuch – adolatda!” degan tamoyili bugun ham hayotimizning har bir jabhasida oʻz aksini topmoqda. Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan: - yurtimiz boʻylab “Amir Temur oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda; - poytaxtimizda nufuzli xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi; - “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi zamonaviy qiyofada oʻz eshiklarini qayta ochdi. Ajdodlarimiz tarixi va boy merosi bilan faxrlansak arziydi! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X #9Aprel #AmirTemur690

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83068 · 10.04.2026 г., 08:51

#Chilonzor #AmirTemur690 #Manaviyat #Tarix #TemuriylarMerosi CHILONZORDA AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aprel oyi yurtimizda “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Mazkur oylik doirasida Chilonzor tumanida ham qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bugun tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida hokimlik apparati va tuman tashkilotlari xodimlari uchun “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi va olim To‘lqin Hayit ma’ruzachi sifatida taklif etildi. Sohibqiron hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etgan olim uchrashuv davomida quyidagilar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi: 🔸 Amir Temurning davlatchilik siyosati va “Temur tuzuklari”ning ahamiyati; 🔸 Temuriylar davri renessansi va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi; 🔸 Buyuk sarkardaning ma’naviy merosi va bugungi kun uchun saboqlari. Uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bu kabi ma’naviy muloqotlar davlat xizmatchilarining vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish va milliy tariximizga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qiladi. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82468 · 01.04.2026 г., 05:09

DIQQAT, MILLIY CHELLENJ! 🚩 #MillatFaxri #AmirTemurOyligi #Sohibqiron690 #ChilonzorHokimligi #Vatanparvarlik "Millat faxri — Sohibqiron Amir Temur" Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda aprel oyi "Amir Temur oyligi" deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, buyuk bobomizning 690 yillik tavallud ayyomini munosib nishonlash maqsadida tuman hokimligii va tuman Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi hamkorligida #MillatFaxri videochellenjiga start berilmoqda! ⬅️⬅️⬅️ Aprel oyi davomida tumanimiz bo‘ylab Sohibqiron xotirasiga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy kechalar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Siz ham ushbu vatanparvarlik harakatining faol ishtirokchisiga aylaning! Chellenjda qanday qatnashish mumkin? 🔹 Sohibqiron hayoti, "Temur tuzuklari"dagi o‘gitlar yoki bobomizga bag‘ishlangan she’rlardan parcha o‘qing; 🔹 Jarayonni sifatli video formatida tasvirga oling; 🔹 Videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga #MillatFaxri, #AmirTemur690, #Chilonzor heshtaglari bilan joylashtiring. Maqsadimiz: Buyuk ajdodimizning boy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va "Amir Temur oyligi"ni tumanimizda yuqori kayfiyatda o‘tkazishdir! Eng yaxshi va kreativ videolar tuman hokimligining rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi. ☝️☝️☝️ Tarixni yod etish — kelajakni qurish demakdir! 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82429 · 31.03.2026 г., 11:51

DIQQAT, MILLIY CHELLENJ! 🚩 #MillatFaxri #AmirTemurOyligi #Sohibqiron690 #ChilonzorHokimligi #Vatanparvarlik "Millat faxri — Sohibqiron Amir Temur" Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda aprel oyi "Amir Temur oyligi" deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, buyuk bobomizning 690 yillik tavallud ayyomini munosib nishonlash maqsadida tuman hokimligii va tuman Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi hamkorligida #MillatFaxri videochellenjiga start berilmoqda! ⬅️⬅️⬅️ Aprel oyi davomida tumanimiz bo‘ylab Sohibqiron xotirasiga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy kechalar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Siz ham ushbu vatanparvarlik harakatining faol ishtirokchisiga aylaning! Chellenjda qanday qatnashish mumkin? 🔹 Sohibqiron hayoti, "Temur tuzuklari"dagi o‘gitlar yoki bobomizga bag‘ishlangan she’rlardan parcha o‘qing; 🔹 Jarayonni sifatli video formatida tasvirga oling; 🔹 Videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga #MillatFaxri, #AmirTemur690, #Chilonzor heshtaglari bilan joylashtiring. Maqsadimiz: Buyuk ajdodimizning boy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va "Amir Temur oyligi"ni tumanimizda yuqori kayfiyatda o‘tkazishdir! Eng yaxshi va kreativ videolar tuman hokimligining rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi. ☝️☝️☝️ Tarixni yod etish — kelajakni qurish demakdir! 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82801 · 07.04.2026 г., 08:03

#AdolatSDP #AmirTemur690 #Chilonzor #Kitobxonlik #Bahoriston #Navza #Guliston SOHIBQIRON TAVALLUDINING 690 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR O‘TKAZILDI “Adolat” SDP Chilonzor tumanikengashi tashabbusi hamda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida buyuk bobomiz Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etildi. Tumanimizdagi “Guliston” MFY kutubxonasida o‘tgan tadbirda Sohibqironning hayot yo‘li va davlatchilik tariximizdagi ulkan xizmatlari yoshlarga so‘zlab berildi. E’tiborlisi, targ‘ibot tadbirlari doirasida kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Guliston”, “Bahoriston” va “Navza” mahalla kutubxonalariga Amir Temur haqidagi hamda boshqa badiiy adabiyotlardan iborat 100 tadan yangi kitoblar jamlanmasi taqdim etildi. Bu kabi loyihalar mahallalarda intellektual muhitni shakllantirish va yoshlarning tarixiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi