Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#Abituriyent2025
⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!
🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosidaamalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).
E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈
🇺🇿@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Abituriyentlar uchun TOP 7 savollarga javoblar!
❓ Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat’iy formada kelish shartmi?
✅ JAVOB: yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
❓ Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
✅ JAVOB: Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog’ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan yoki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow manzilidan yuklab olishingiz mumkin. Ruxsatnomani telefonda ko’rsatish hisobmas, albatta qog’ozga chop etish kerak.
❓Pasport yoki ID-kartaning elektron versiyasini ko’rsatsa bo’ladimi?
✅JAVOB: Yo’q, bo’lmaydi. Albatta hujjatning originali yoningizda bo’lishi kerak.
❓Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
✅ JAVOB: Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.
❓Testga yegulik yoki suv olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅JAVOB: Yo’q, ruxsat berilmaydi. Ichkarida suv tarqatiladi. Yegulikka kelsak, testda 1-2 soat oldin nimadir tanovul qilib olishingiz kerak. Va imkon qadar bu qorinni og’ritmaydiganroq yegulik bo’lsin. Och qorin bilan testga kirmang! Bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
❓ Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.
❓ O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB: yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 187 ming 500 so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
#Qabul2025#Abituriyent2025
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
⚡️Rasman: Testga kiradigan abituriyentlar soni 671ming nafar!
Abituriyent qizlar soni yigitlardan ko'proq.
678 nafar abituriyent testga kirmasdan talaba bo'ladi. 😅
671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.
🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.
🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.
#Qabul2025#Abituriyent2025
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
❌ Videoni koʻrmasdan testga kirmang!
Barcha abituriyentlar koʻrishi shart!
1-smena soat 08:00 da,
2-smena 15:00 da boshlanadi.
📍Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉https://uzbmb.uz/page/test_2025
❗️Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) ASLINI va abituriyent ruxsatnomasiniolishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
📌 Test materiallaridan qanday foydalanish kerak ?
📌Javoblar varaqasini qanday boʻyash kerak ?
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
#Qabul2025#Abituriyent2025
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
#Abituriyent2025#JavoblarVaraqasi
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
💾 Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.
O'zbekiston Milliy universiteti
#Abituriyent2025#JavoblarVaraqasi
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
💾 Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.
Toshkent davlat Texnika Universiteti
Mandat qachon chiqadi ? 00:00
Oʻqishga kirdimi ? 00:01
Necha ball olibsan ? 00:02
Sizda ham shunaqa savollar berishayabdimi ?🥴
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
🥴Mandat chiqqandan keyin ayrim abituriyentlarning uyidagi vaziyat
👀Sizda vaziyat qanday bo‘lishini taxmin qilyapsiz?
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
⚡️Rasman: Grant uchun 4 yillik KVOTA tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan,2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yiliuchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bunda:
🔹Bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
🔹Magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
🔸 Respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Jilagʻandan poyda joʻq 🥺
Imtihonga kechikkan abituriyent testga kiritilmaydi 🙅🏻♂
❗️Testga kelmaganlar yoki kechikib kelganlar uchun qo’shimcha test ham o’tkazilmaydi
Ayrim abituriyentlar turli sabablar (oilaviy, betobligi va hk) bilan yoki sababsiz test sinovlariga kela olmayapti.
Shuningdek, testga kechikib kelayotgan abituriyentlar ham yetarlicha. Kechikib kelganlar testga kiritilmayapti.
Bundan tashqari ayrim abituriyentlar testga o’z vaqtida kelsa ham, lekin yonida tegishli hujjati yo’qligi sababli testga kiritilmayapti.
❓Shu kabi holatlarda boshqa kuni testga kirsak bo’ladimi, deya so’rashmoqda.
✅JAVOB: Yo’q, boshqa kuni testga kirishga ruxsat berilmaydi. Qanday sabablarga ko’ra, testga kelmaganidan qat’i nazar (masalan, betob bo’lgan bo’lsa ham).
Pandemiya davridagina koronavirusga chalingan yoki karantinga olingan abituriyentlarga keyinchalik qo’shimcha kunlar tashkil qilingan edi. Ammo hozir bunaqa tartib yo’q.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjatva abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlarini so‘ragan.
📍Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning aniq manzili, joylashuvini quyidagi @imtihon_qayerda_bot orqali bilib olishingiz mumkin!
❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
⚡️Rasman: Abituriyentlar imtihonlar toʻliq tugagach 5 ta yoʻnalish tanlaydi! Faqat...❗️
Abituriyentlar hujjat topshirayotganda yo‘nalish emas❌, shunchaki fanlar majmuasini tanladi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgiladingiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.
‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yo‘nalishingizninghech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Testga nimalar olib kirish mumkin?
✅ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
✅ abituriyent ruxsatnomasi;
✅ kepka yoki panama;
✅ oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
✅ optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
✅ pul;
✅ dastroʻmol;
✅ kalit.
🚫 Quyidagilar mumkin emas:
❌ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
❌ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
❌ ruchka (ichkarida beriladi);
❌ suv (ichkarida beriladi);
❌ qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
❌ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
❌ tibbiy niqob (kirish joyida yangi beriladi);
❌ mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).
❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent
@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!