@columbia_center · Post #958 · 27.03.2026 г., 11:10
#xorijdaijtimoiyish 🗣Amerikada ijtimoiy ish — siz o‘ylagandan ancha murakkab tizim 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy ish sohasi yuqori darajada tizimlashtirilgan va katta mas’uliyatni talab etadi. 📌 Ushbu mamlakatda ijtimoiy xodimlar ko‘pincha muammoli vaziyatlarga birinchi bo‘lib yetib boradi. Har bir murojaat maxsus raqamli tizimlar orqali nazorat qilinadi va harakatlar qat’iy tartib asosida amalga oshiriladi. ⚖️ Agar bola xavf ostida bo‘lsa, ijtimoiy xodim sud orqali oilaviy muhitga aralashish huquqiga ega. Bu esa ijtimoiy himoya tizimining kuchli huquqiy asosga ega ekanini anglatadi. 🎓 AQShda ijtimoiy xodim bo‘lish uchun nafaqat oliy ma’lumot, balki majburiy litsenziya talab etiladi. Bu esa kasb egalari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. 👨💻 Yana bir muhim jihat — ixtisoslashuv. Har biri aniq yo‘nalishda: bolalar, migrantlar, ruhiy salomatlik yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydi. 🤩 Eslatib o‘tamiz, 2025-yil noyabr oyida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar vakillari tomonidan AQShda ijtimoiy ish faoliyati o‘rganilgan edi: 🟢Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi 🟢Lenox Hill Neighborhood House 🟢Nyu York bolalar markazi 🟢Cidny tashkiloti 📝 Hozirgi kunda esa xalqaro standartlarga asoslangan holda AQSh Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi tajribasi asosida Ijtimoiy ish bo'yicha qayta tayyorlov kurslari olib borilmoqda. #AQSHdaijtimoiyish#Butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn