Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#ijtimoiyishoyligi
“IJTIMOIY ISH” oyligi doirasida Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
✅Mazkur amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar ijtimoiy himoya tizimi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda sohadagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Sahifalarimizga qo’shiling!
📝Telegram📝Facebook💻Instagram
📅Mart oyining uchinchi seshanbasi ( 2026-yil 17- mart) munosabati bilan nishonlanadigan Xalqaro ijtimoiy xodimlar kuni doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi Professor - o'qituvchilari va talabalari tomonidan ochiq tadbir tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida talabalar tomonidan ijtimoiy ishning jamiyatdagi o‘rni, uning ahamiyati hamda bugungi kundagi dolzarb masalalar yoritib berildi. Shuningdek, turli interaktiv chiqishlar, taqdimotlar va muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🤝 Mazkur tadbir ijtimoiy xodimlar kasbining naqadar muhim va sharafli ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
#Butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📸17-mart Butunjahon ijtimoiy ish kuni munosabati bilan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Ijtimoiy ish: o'tmish, bugun va kelajak" nomli videorolik tayyorlandi.
👨💻 Unda ijimoiy ish sohasining o'tmishi, bugungi kundagi holati hamda rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Mazkur videorolik orqali keng jamoatchilikka ijtimoiy ish sohasining rivojlanishi va istiqbolli yo'nalishlari haqida ma'lumot taqdim etilgan.
#Butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣Ijtimoiy ish – inson va jamiyat farovonligining muhim ustuni
🌍Bugungi globallashuv, urbanizatsiya va ijtimoiy tengsizlik kuchayib borayotgan davrda ijtimoiy ish inson va jamiyat barqarorligini ta’minlovchi ham milliy ham xalqaro darajada eng muhim institutlardan biriga aylanmoqda.
💼Ijtimoiy ish — bu amaliyotga asoslangan kasb bo‘lib, ayni paytda ijtimoiy o‘zgarishlar va rivojlanishni, ijtimoiy birdamlikni, insonlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularni erkinlashtirishni rag‘batlantiruvchi akademik fan hisoblanadi. Ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari — ijtimoiy adolat, inson huquqlari, jamoaviy mas’uliyat hamda etnik va madaniy xilma-xillikka hurmatdan iborat. Ijtimoiy ish nazariyalari, ijtimoiy va gumanitar fanlar, shuningdek mahalliy madaniyat va aholiga oid bilimlarga tayangan holda, ijtimoiy ish insonlar va turli tuzilmalarni hayotiy muammolarni hal etishga jalb qiladi hamda aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ijtimoiy himoya tizimining transformatsiyasi inson manfaatlariga e'tiborni kuchaytirmoqda, professional ijtimoiy xizmatlar tizimini shakllantirmoqda, mahalliy darajada individual ehtiyojlarga mos xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirmoqda.
✅ Ijtimoiy ish — bu faqat yordam berish emas, balki inson taqdirini o‘zgartirish, oilalarni saqlab qolish va jamiyatni yanada adolatli qilishga xizmat qiladigan kuchli mexanizmdir.
#butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🇺🇿 “Pútkiljáhán sociallıq is aylıǵı” dawam etpekte
Kóz aldıńızǵa keltiriń, siz adamlardıń mashqalaların tıńlaysız, olardıń dártine qulaq salasız, eń awır waqıtta janında bolasız. Bul sociallıq xızmetkerdiń kúndelikli turmısı. Biraq bul jumıs tek ǵana miyrim-shápáát penen emes, al kommunikativlik kónlikpeler menen orınlanadı!
Sociallıq xizmetker ushin kommunikativlik kónlikpeler degen ne?
Bul - nátiyjeli tıńlaw, anıq hám túsinikli sóylew, empatiya menen baylanıs jasaw, mashqalalı jaǵdaylarda durıs jol taba alıw degeni. Ápiwayı qarım-qatnas emes - bul professional kónlikpe!
_____________________
🇺🇿“Butunjahon ijtimoiy ish oyligi” davom etmoqda
Tasavvur qiling, siz odamlar muammosini tinglaysiz, ularning dardiga quloq tutasiz, eng og‘ir paytda yonlarida bo‘lasiz... Bu ijtimoiy xodimning kundalik hayoti. Biroq bu ish faqat rahm-shafqat bilan emas, balki kommunikativ ko‘nikmalar bilan bajariladi!
Ijtimoiy xodim uchun kommunikativ ko‘nikmalar nima degani?
Bu – samarali tinglash, aniq va tushunarli so‘zlash, empatiya bilan muloqot qilish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l topa olish degani. Oddiy muloqot emas – bu proffesional ko'nikmadir!
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
📝telegram💻instagram
📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz
Ijtimoiy ish haqida qiziqarli statistik ma'lumotlar!
🌍1. 10 milliondan ortiq ijtimoiy xodimlar
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq ijtimoiy xodim faoliyat yuritadi. Ular ijtimoiy tenglik, yordam va himoyani ta’minlashga xizmat qiladi.
🇺🇸2. AQShda eng yirik ijtimoiy xodimlar tarmog‘i mavjud
Amerikada 700 mingdan ortiq ijtimoiy xodim bo‘lib, ulardan 40% sog‘liqni saqlash va ruhiy salomatlik sohasida ishlaydi.
📈3. So‘nggi 10 yilda ijtimoiy ishga talab 7% oshdi
AQSh Mehnat Statistikasi Byurosining (BLS) so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, 2023–2033 yillar oralig'ida ijtimoiy xodimlar bandligi 7% ga o'sishi prognoz qilinmoqda, bu barcha kasblar uchun o'rtacha ko'rsatkichdan tezroqdir.
👵4. Qariyalar bilan ishlovchi ijtimoiy xodimlarga ehtiyoj oshmoqda
2030 yilga kelib dunyoda 60 yoshdan oshgan insonlar soni 1,4 milliardga yetishi kutilmoqda. Bu esa keksa yoshdagilar bilan ishlaydigan ijtimoiy xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
🚸5. Bolalar himoyasi – asosiy yo‘nalishlardan biri
Har yili dunyo bo‘ylab 5 milliondan ortiq bola ijtimoiy xodimlar tomonidan himoya qilinadi. Ular bolalarni oilaviy zo‘ravonlik va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishdan saqlash uchun xizmat qiladi.
⚖️6. 80% ijtimoiy xodimlar ayollardir
Ko‘pgina mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar orasida ayollar soni erkaklardan ancha ko‘p. Masalan, AQShda bu kasbdagi mutaxassislarning 80% ayollardan iborat.
📌 7. Ijtimoiy ish – stress darajasi yuqori kasblardan biri
Tadqiqotlarga ko‘ra, ijtimoiy xodimlarning 70% stress va kasbiy kuyish bilan duch keladi, shuning uchun superviziya tizimlari muhim sanaladi.
💬 Sizni qaysi statistika hayratda qoldirdi? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
🤩Telegram🤩Facebook
🤩Instagram🤩Youtube
Ijtimoiy ish haqida qanday afsona va haqiqatlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring!
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
🤩Telegram🤩Facebook
🤩Instagram🤩Youtube
🇺🇿Ijtimoiy ish: ezgulik va adolat sohasi!
Ijtimoiy ish – insonlarga yordam berish, ularning hayot sifatini yaxshilash va jamiyatdagi tenglikni ta’minlashga yo‘naltirilgan muhim soha. Bu nafaqat kasb, balki jamiyatga xizmat qilish missiyasidir!
🎓 Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti esa ijtimoiy ish mutaxassislarini tayyorlash, yangi ilmiy izlanishlar olib borish va amaliy tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishda yetakchi universitetlardan biridir.
——————————————
🇺🇸Social work: the field of goodness and justice!
Social work is an important area focused on empower people, improving their quality of life and ensuring equality in society. This is not only a profession, but also a mission to strengthen society!
🎓 National University of Uzbekistan named after M.Ulugbek is one of the leading universities in training social work specialists, conducting new scientific research and establishing of practical experience exchange.
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
🤩Telegram🤩Facebook
🤩Instagram🤩Youtube
🗣Farg‘ona davlat universiteti – ijtimoiy ish ta’limi va ilm-fanning rivojlanishida 95 yillik tajriba
🌍 "Butunjahon ijtimoiy ish oyligi" munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida “Ijtimoiy ish va zamonaviylik: nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiya ijtimoiy ish sohasidagi zamonaviy muammolar, innovatsion yondashuvlar va samarali tajribalarni muhokama qilish maydoniga aylandi.
📝 Farg‘ona davlat universiteti 2005-yildan beri ijtimoiy ish yo‘nalishi bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda universitet tomonidan:
🟢 Nazariy bilim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlarni amalga oshirish va ularni real hayotga tadbiq etmoqda
🟢 Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda turli mamlakatlardagi yetakchi universitetlar va tadqiqotchilar bilan tajriba almashish;
🟢 Ijtimoiy innovatsiyalarni targ‘ib qilish mqsadida yangi texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlar asosida samarali ijtimoiy ish strategiyalarini ishlab chiqish;
🟢 Jamiyatning dolzarb muammolariga yechim topish uchun ijtimoiy himoya, ijtimoiy xizmatlar sifati va aholi farovonligini oshirish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.
📎 Farg‘ona davlat universiteti ijtimoiy ish sohasining rivojlanishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib, xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy markazlardan biriga aylanish sari intilmoqda.
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
🤩Telegram🤩Facebook
🤩Instagram🤩Youtube
"Butunjahon ijtimoiy ish kuni" muborak bo‘lsin!
Ijtimoiy ish — insonlar, oilalar va jamoalarga qiyinchiliklarni yengishda va turmush farovonligini oshirishda yordam berishga qaratilgan kasb!
U qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish va zarur resurslarga imkoniyat yaratuvchi, shuning bilan birga jamiyatda ijtimoiy o‘zgarishlarga olib boruvchi yo‘ldir.
Ijtimoiy ish siz uchun nima? Izohlarda bir so’z bilan ta’riflang!Bizga qo‘shiling!
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
Barqaror farovonlik uchun avlodlararo hamjihatlikni mustahkamlash shiori ostidagi "Ijtimoiy ish oyligi"ga start berildi!
Ijtimoiy ish – bu mehr, insonparvarlik va jamiyat farovonligi yo‘lida fidoyilik demakdir! Butun dunyo bo‘ylab har yili mart oyining uchinchi seshanbasida Xalqaro ijtimoiy xodimlar kuni nishonlanadi. Bu yil esa ushbu muhim sana 18-martga to‘g‘ri kelmoqda!
⏰ Bu kun ijtimoiy adolat va inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning jamiyat kelajagi uchun qanchalik muhimligini yodga olish maqsadida tashkil etilgan. Ijtimoiy ish sohasi har yili tobora muhim ahamiyat kasb etib, shaxslar, oilalar va butun jamoalarning rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda.
✨ Ijtimoiy xodim – kim?
Ular jamiyatimizning ko‘rinmas qahramonlari bo‘lib, har kuni insonlar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishadi. Bu insonlar rahm-shafqat va sabr-toqat timsoli!
🔅 Siz qanday hissa qo‘sha olasiz?
➡️ Ijtimoiy xodimlarga minnatdorchilik bildiring – ularning mehnati e’tiborga loyiq!
➡️ Ularning hikoyalari bilan o‘rtoqlashing, ularning fidoyiligini kengroq yoritishga yordam bering!
➡️ Ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmay, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
🖼 Ushbu oy davomida biz ijtimoiy ish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, intervyular va hayotiy hikoyalarni taqdim etamiz! Biz bilan qoling, ijtimoiy xodimlarning fidokorona mehnatini birga ulug‘laylik!
#IjtimoiyIshOyligi#Fidokorlar#JamiyatUchun#IjtimoiyXodimlarKuni#MehrUchun
🗣O‘zbekistonda ijtimoiy ish ekotizimi
🇺🇿Ijtimoiy himoya milliy agentligi respublikaning barcha 14 hududida 8939 ta ijtimoiy xodim shtati yaratib, ijtimoiy ishni professionalizatsiyaga asos soldi va aholining turli qatlamlari bilan manzilli ijtimoiy ish tizimini joriy qildi. Bundan tashqari, 207 nafarsupervayzer faoliyatini yurituvchi bosh mutaxassis shtati yaratilib, ijtimoiy xodimlarning kasbiy rivojiga xizmat qilmoqda.
🧠Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi hamda UNICEF hamkorligida “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi.
📝Ijtimoiy ishning barqaror rivoji malakali mutaxassislar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq:
🟢19 ta oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy ish yo‘nalishi joriy etilgan;
🟢4355 nafar talaba mazkur yo‘nalishda tahsil olib, kelajakda tizimning asosiy tayanchiga aylanmoqda;
🟢2025–2026 o‘quv yili uchun kvotalar 2500 dan ortiq etib belgilanishi sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi.
🤩 Sohadagi mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi uchun Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda:
🟢576 soatlik ijtimoiy ish bo’yicha 8 modulni qamrab olganqayta tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda;
🟢5 ta dalillarga asoslangan xorijiy intervensiya amaliyotga joriy etilib, xizmatlar samaradorligi oshirilmoqda;
🟢20 dan ortiq akademik va amaliy o‘quv dasturlari joriy etilmoqda.
🧠Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan raqamlashtirish doirasida 11 ta moduldan iborat e-learning tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
📎Yuqoridagi islohotlar O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bosqichma-bosqich professional tizimga aylanib borayotganini, xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashgan holda ijtimoiy ishni yangi sifat bosqichiga chiqayotganini ko‘rsatadi.
#Butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn