TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 1 слични објави

Пребарај: #ayollarfaoliyati

当前筛选 #ayollarfaoliyati清除筛选
ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #2860 · 22.10.2025 г., 09:26

#ustozshogirdananasi #ayollarfaoliyati #turkdunyosi ✨ Bugungi kunda “ustoz-shogird” an’anasi hayotimizning barcha jabhalarida o‘z ifodasini topmoqda. Bu qadriyat o‘zaro ishonch, hurmat va tajriba almashinuvi asosida quriladi. Ustozlardan o‘rganamiz, shogirdlarga o‘rgatamiz — bu bizning yo‘limiz, bu bizning qadriyatimiz. 🗓️ Joriy yilning sentabr–oktabr oylarida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy gumanitar va tarix fanlar kafedrasi yetakchi professori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi komissiyasi raisi, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, Prezident administratsiyasi qoshidagi Ekspertlar komissiyasi a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi eksperti, “Zulfiya” davlat mukofoti komissiyasi a’zosi, Senat qoshidagi Xotin-qizlar Kengashi a’zosi, “Respublika Oqila Ayollar harakati” a’zosi, “Toshkent shahar Oqila Ayollar harakati” a’zosi, Yunusobod tumani Oqila Ayollar harakati raisi, IIV jamoatchilik Kengashi a’zosi, O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi a’zosi, Turkiyadagi “O‘zbek Kadin Haklari Derneği” jamiyati a’zosi, faxriy jamoatchi Jamila Shermukhamedova Turkiyada xizmat safarida bo‘ldi. ✨ Safar davomida u 24-sentyabr kuni “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati”ning 4 yillik tadbirida, O’zbekistondan tashrif buyurgan hurmatli tadbirkor ayollarga “Tadbirkor Ayollar” klubining faxriy a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, 26-sentyabr kuni Istanbuldagi Grand Cevahir mehmonxonasida Oktan Turk Tashkiloti – Turk Dunyo­si Tadbirkorlari Klubi tomonidan tashkil qilingan “An’anadan – Kelajakka” nomli Gala kechasida, 27-sentyabr kuni Holiday Inn mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Turk dunyosi tadbirkorlarining Xalqaro forumida ham faol qatnashdi. 9–11-oktabr kunlari esa Aksaray shahrida o‘tkazilgan 3-Turk Islom Siyosiy Tafakkuri Kongressida o‘z chiqishlari bilan e’tibor qozondi. ⚡️ Bundan tashqari, “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olinayotgan “Quroq. Siz yolg‘iz emassiz” nomli hujjatli filmning suratga olish jarayonida ham ishtirok etdi. ✅ Jamila Tashpulatovna o‘z faoliyatida fidoyilik, bilim va tajribani uyg‘unlashtirib, xalq manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Uning yuksak mehnatlari “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” Boshqaruv kengashi tomonidan munosib e’tirof etilib, “Vatan Iftixori” ordeni bilan taqdirlandi. 🌹Jamila opaga Turkiyadagi barcha tadbirlarda faol ishtiroki, tashabbuskorligi va ustozlik ibrati uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. 🌷 Biz, “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” jamoasi, ustozimizning barcha ezgu faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni amalda ro‘yobga chiqarishda har tomonlama yordam berishga tayyormiz. 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!