Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#navroz
#turkdunyosi
#bahorbayrami
TURK DUNYOSI MADANIYAT MARKAZIDA TURK DUNYOSI VAKILLARINING QARDOSHLIK UCHRASHUVI
🌹Navro’z — qayta tug‘ilishdir. 🌹Navro’z — yangi bir bahorning boshlanishidir.
🌹Navro’z — yangi kun, butun Turk dunyosining Navro’z bayramidir.
✨Aziz vatandoshlar!
21-mart kuni Turk Dunyosi Madaniyat Markazida “Navro’z bayrami” tadbiri bo’lib o‘tadi.
🌸Tadbir davomida O’zbek milliy liboslari namoyishi o‘tkaziladi, bu esa xalqimizning boy an’analari va madaniyatini yoritib beradi. Tadbirda O’zbek milliy taomlari va pishiriqlari bilan bezatilgan ko‘rkli dasturxon yoziladi. Doshqozonlarda esa O’zbek xalqining sevimli taomi — osh va sumalak pishiriladi, bu taomlar nafaqat mazasi, balki o’ziga xos tarixi va ma’naviy boyliklarini ham namoyon etadi. Tadbir so‘ngida esa iftor dasturxoni yozilib, Ramazon oyining muqaddasligi va mehmondo‘stlik ruhi to‘liq ifodalanadi. Bunday tadbirlar xalqni birlashtirib, milliy merosimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish uchun juda muhim ahamiyatga ega.
✔️O’z milliy liboslari va qiyofalarida, shuningdek, O’zbek taomlari va shirinliklari bilan ishtirok etishga intilgan barcha vatandoshlarimizni samimiy kutib qolamiz. Navro’z tadbiri birgalikda bo‘lish, milliy an’analarimizni yanada chuqurroq tushunish va o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
⏳Tadbir soat 14:00 - 19:00 orasida bo’lib o’tadi.
📍Manzil: Topkapi Kültür Park içi Yolu, 34010 Zeytinburu/Istanbul
#ustozshogirdananasi
#ayollarfaoliyati
#turkdunyosi
✨ Bugungi kunda “ustoz-shogird” an’anasi hayotimizning barcha jabhalarida o‘z ifodasini topmoqda. Bu qadriyat o‘zaro ishonch, hurmat va tajriba almashinuvi asosida quriladi.
Ustozlardan o‘rganamiz, shogirdlarga o‘rgatamiz — bu bizning yo‘limiz, bu bizning qadriyatimiz.
🗓️ Joriy yilning sentabr–oktabr oylarida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy gumanitar va tarix fanlar kafedrasi yetakchi professori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi komissiyasi raisi, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, Prezident administratsiyasi qoshidagi Ekspertlar komissiyasi a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi eksperti, “Zulfiya” davlat mukofoti komissiyasi a’zosi, Senat qoshidagi Xotin-qizlar Kengashi a’zosi, “Respublika Oqila Ayollar harakati” a’zosi, “Toshkent shahar Oqila Ayollar harakati” a’zosi, Yunusobod tumani Oqila Ayollar harakati raisi, IIV jamoatchilik Kengashi a’zosi, O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi a’zosi, Turkiyadagi “O‘zbek Kadin Haklari Derneği” jamiyati a’zosi, faxriy jamoatchi Jamila Shermukhamedova Turkiyada xizmat safarida bo‘ldi.
✨ Safar davomida u 24-sentyabr kuni “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati”ning 4 yillik tadbirida, O’zbekistondan tashrif buyurgan hurmatli tadbirkor ayollarga “Tadbirkor Ayollar” klubining faxriy a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, 26-sentyabr kuni Istanbuldagi Grand Cevahir mehmonxonasida Oktan Turk Tashkiloti – Turk Dunyosi Tadbirkorlari Klubi tomonidan tashkil qilingan “An’anadan – Kelajakka” nomli Gala kechasida, 27-sentyabr kuni Holiday Inn mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Turk dunyosi tadbirkorlarining Xalqaro forumida ham faol qatnashdi. 9–11-oktabr kunlari esa Aksaray shahrida o‘tkazilgan 3-Turk Islom Siyosiy Tafakkuri Kongressida o‘z chiqishlari bilan e’tibor qozondi.
⚡️ Bundan tashqari, “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olinayotgan “Quroq. Siz yolg‘iz emassiz” nomli hujjatli filmning suratga olish jarayonida ham ishtirok etdi.
✅ Jamila Tashpulatovna o‘z faoliyatida fidoyilik, bilim va tajribani uyg‘unlashtirib, xalq manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Uning yuksak mehnatlari “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” Boshqaruv kengashi tomonidan munosib e’tirof etilib, “Vatan Iftixori” ordeni bilan taqdirlandi.
🌹Jamila opaga Turkiyadagi barcha tadbirlarda faol ishtiroki, tashabbuskorligi va ustozlik ibrati uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
🌷 Biz, “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” jamoasi, ustozimizning barcha ezgu faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni amalda ro‘yobga chiqarishda har tomonlama yordam berishga tayyormiz.
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
#forum
#tadbirkorayollarklubi
#turkdunyosi
#tadbirkorayollar
🇺🇿O‘zbekiston ayollari — Turk dunyosining faxri va g‘ururi!
✨ 27-sentabr kuni Istanbul shahridagi “Holiday Inn” mehmonxonasida Turk dunyosi tadbirkorlarining Xalqaro Forumi bo‘lib o‘tdi!
🌷 Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova boshchiligida O‘zbekistondan tashrif buyurgan “Tadbirkor Ayollar” klubi a’zolari forumda faol ishtirok etdilar.
🤝 Tadbir davomida Turk dunyosiga mansub ayol tadbirkorlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishdilar, tajriba almashdilar va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar.
🎤 O‘zbekistonlik vakillarimiz — Jamila Shermuhamedova va Muhabbat Azizova mamlakatimizdagi tadbirkorlik faoliyati, ayollar biznesidagi yutuqlar va yangi imkoniyatlar haqida chiqish qildilar. Ularning ilhomlantiruvchi nutqlari forum ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.
🌸 Forum ayollar uchun yangi eshiklar, yangi imkoniyatlar ochdi. Ayniqsa, o‘zbekistonlik ishbilarmon ayollarning tashabbuskorligi va bunyodkorlik ruhi barchada chuqur taassurot qoldirdi.
🤩 Bu esa, O‘zbekiston tadbirkor ayollarining xalqaro miqyosdagi nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi!
✅Bizni kuzatishda davom eting! Bundan-da katta yangiliklar hali oldinda!
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
#biz_haqimizda
#Turk_matbuotlarida
#TurkDunyosi
#IstanbulFathi
#Bosphortour
📌Istanbul fathiga bag‘ishlangan ma’noli ehtirom
✨“Qizil Olma yo‘lida Turk dunyosi” shiori ostida faoliyat yuritayotgan Dunyo Turk Savdo Platformasi, Istanbulning zabt etilganiga 572 yil to‘lishi munosabati bilan Istanbul Bo‘g‘ozida ramziy tarixiy sayohat uyushtirdi.
✅Tadbir davomida Istanbulning tarixiy manzaralari fonida Turk dunyosining birlik va iqtisodiy hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
🇺🇿”O’zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati” faollari va O’zbekistondan kelgan faxriy a’zolarining faol ishtiroki alohida e’tibor qozonib, Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
🔗Quyidagi havolalar orqali maqolalarning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin:
https://parlarmedya.com/bogazda-kizil-elma-yolculugu/
https://ekonomiprofil.com/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453/
https://kreatifekonomi7.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://ekonomisecmeleri.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://ekonomiprofil.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://interhaberler.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://interaktifhaberler.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://kent34haberler.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://habergazetesieu.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://avrupapost.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://haberfeneri.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
https://postakutusuhaberleri.blogspot.com/2025/05/dunya-turk-ticaret-platformundan-1453.html
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling!