@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81467 · 13.03.2026 г., 12:36
#YoshlarKuni #HuquqiyTargibot #AdolatSDP #YoshlarBilanUchrashuv#AyollarVaBolalarHimoyasi Chilonzorda “Yoshlar kuni” munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi Chilonzor tumani Xalq deputatlari kengashi deputati A. Xusainov, tuman “Adolat” SDP kengashi raisi B. Rahimov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ul xodimlari hamkorligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumandagi 136-sonli umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida maktab ma’muriyati va yuqori sinf o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 3-mart kuni qabul qilingan PF-33-sonli “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar bildirildi. 🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi