TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 5 слични објави

Пребарај: #bayramshukuhi

当前筛选 #bayramshukuhi清除筛选
Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar · Post #75852 · 19.03.2026 г., 06:34

Ohangaron shahrida bayram shukuhi 🇺🇿Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar Dehqon bozorida muborak Hayit ayyomi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka faoliyati o‘rganildi. #Ohangaron#Yarmarka#Deputatlik_nazorati#BayramShukuhi

MEHRLI MAKTAB` rasmiy sahifa

@mehrlimaktab · Post #3398 · 27.03.2026 г., 17:38

🌸Mehrli maktabda Navro‘z shukuhi!🌸 Mehr-oqibat, yangilanish va ezgulik ayyomi — Navro‘z bayrami munosabati bilan Mehrli maktab va uning filiallarida ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari tashkil etildi. 🌿 Bolajonlar uchun tashkil etilgan ushbu bayramda milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va qiziqarli chiqishlar barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. 🌼 Ayniqsa, bolalarning yuzidagi quvonch, ko‘zlaridagi porloq umid va beg‘ubor tabassumlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 🤍 Mehrli maktab jamoasi uchun bunday tadbirlar nafaqat bayram, balki bolalarga mehr ulashish, ularning qalbida umid va ishonch uyg‘otish imkonidir. 🌱 #Navro‘z #MehrliMaktab#BolalarQuvonchi#MilliyQadriyatlar#BayramShukuhi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82176 · 25.03.2026 г., 13:52

#Navroz2026 #Chilonzor #BayramShukuhi #Mahalla #An'ana #Tabrik Chilonzorda Navro‘z shukuhi: mahallalarda bayram davom etmoqda Navro‘z bayrami bir kun bilan cheklanmay, yurtimiz bo‘ylab bir oy davomida keng nishonlanmoqda. Chilonzor tumanida ham ayni kunlarda mahallalarda Navro‘z ayyomi ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Shu munosabat bilan tumanimizning asosiy bayram kuni yangragan samimiy tabriklarni havola etishda davom etamiz. Ayni paytda tumandagi “Katta Navbahor” va “3-Charx Kamolon” mahallalarida Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda. Fursatdan foydalanib, barcha tumanimiz aholisini, shuningdek, bugun bayramni nishonlayotgan mahalla ahli vakillarini Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz. 👉👉👉 Videolavhalarimiz orqali bayram tabriklarini tomosha qilishingiz mumkin. 🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi

Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar · Post #75832 · 19.03.2026 г., 04:54

Ohangaron shahrida bayram shukuhi hukm surmoqda 🌙 Ramazon oyida arzonlashtirilgan yarmarka doimiy faoliyat yuritib, Hayit bayrami arafasida ham narxlar barqaror ta’minlanmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Oybek Abdullayev tomonidan shahar Dehqon bozorida muborak Hayit ayyomi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka faoliyati o‘rganildi. ✔️ Aholiga qulaylik yaratish, narx-navoning barqarorligini ta’minlash hamda bayram kayfiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarka samarali xizmat qilmoqda. #Ohangaron#Yarmarka#Navro‘z #Hayit#Deputatlar#BayramShukuhi 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Websayt‌‌|Facebook

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82068 · 22.03.2026 г., 15:55

#Navroz #Chilonzor #XalqSayli #MilliyQadriyatlar #OshFestivali #Birdamlik #BayramShukuhi Navro‘z Chilonzorda o‘zgacha shukuhda nishonlandi Chilonzor tumanida Navro‘z umumxalq bayrami bu yil ham o‘zgacha ko‘tarinki ruh va keng quloch bilan nishonlandi. Xususan, Al Xorazmiy nomidagi тurizm ko‘chasida tashkil etilgan “Xalq sayli” tumandoshlarimiz uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Bayram saylida ishtirok etgan fuqarolar milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz aks etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishib, Navro‘zning haqiqiy shukuhini his etdilar. Turli viloyatlar an’analariga xos tarzda bezatilgan Navro‘z dasturxonlari, milliy taomlar va urf-odatlar namoyishi barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev boshchiligida tuman prokurori, IIOFMB, tuman Soliq inspeksiyasi hamda boshqa tashkilot va boshqarma rahbarlari bayram jarayonlarida faol ishtirok etib, xalq bilan hamnafas bo‘ldilar. Ular sayil hududlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirib, tumandoshlar bilan samimiy suhbat qurib, bir dasturxon atrofida taom iste’mol qildilar. Shuningdek, osh festivali jarayonlari ham alohida e’tibor markazida bo‘lib, milliy taomlarimizning tayyorlanish jarayonlari va taqdimoti barchaga manzur bo‘ldi. Navro‘z bayramining bunday keng nishonlanishi tumanda ahillik, birdamlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada mustahkamladi. 👉👉👉Lavhamizda jarayonlar Bayramdagi unitilmas lahzalar haqida keyingi xabarlarimizda batafsil yoritamiz @Chilonzor_tuman_hokimligi