@mehrlimaktab · Post #3398 · 27.03.2026 г., 17:38
🌸Mehrli maktabda Navro‘z shukuhi!🌸 Mehr-oqibat, yangilanish va ezgulik ayyomi — Navro‘z bayrami munosabati bilan Mehrli maktab va uning filiallarida ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari tashkil etildi. 🌿 Bolajonlar uchun tashkil etilgan ushbu bayramda milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va qiziqarli chiqishlar barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. 🌼 Ayniqsa, bolalarning yuzidagi quvonch, ko‘zlaridagi porloq umid va beg‘ubor tabassumlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 🤍 Mehrli maktab jamoasi uchun bunday tadbirlar nafaqat bayram, balki bolalarga mehr ulashish, ularning qalbida umid va ishonch uyg‘otish imkonidir. 🌱 #Navro‘z #MehrliMaktab#BolalarQuvonchi#MilliyQadriyatlar#BayramShukuhi