@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83387 · 16.04.2026 г., 07:01
#Chilonzor #DeputatFaoliyati #FHDYO #FuqarolarMurojaati #XizmatSifati 🏛Chilonzor tumani FHDYo bo'limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi 🏦Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri LolaMurotova tomonidan tuman FHDYo bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda sharoitlari o‘rganildi. 👥💬O‘rganish jarayonida davlat xizmatlarining sifat darajasi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari va murojaatchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari e’tiborga olindi. ✅ Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi va mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar taqdim etildi . 🚀Fuqarolarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi . 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi