Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#SayyorQabul
#Yakkabog‘
#XalqBilanMuloqot
#FuqarolarMurojaati
Chilonzor tumanida sayyor qabullar davom etmoqda
Chilonzor tumani hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan mahallalarda muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi sayyor qabul “Yakkabog‘” mahallasida o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abduqadirov fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Jarayonda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zafar Mirzaulukov ham ishtirok etdi.
Qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan turli masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar sinchiklab o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi. Shuningdek, ayrim murojaatchilarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor
#DeputatFaoliyati
#FHDYO
#FuqarolarMurojaati
#XizmatSifati
🏛Chilonzor tumani FHDYo bo'limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
🏦Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri LolaMurotova tomonidan tuman FHDYo bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda sharoitlari o‘rganildi.
👥💬O‘rganish jarayonida davlat xizmatlarining sifat darajasi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari va murojaatchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari e’tiborga olindi.
✅ Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi va mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar taqdim etildi .
🚀Fuqarolarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi .
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#HokimQabuli
#OmmaviyQabul
#FuqarolarMurojaati
#OchiqMuloqot
#XalqBilanMuloqot
Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi
Chilonzor tumani hokimligi binosi old maydonida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan aholi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida 80 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 42 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi hamda 1 nafar fuqaro murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Qolgan 23 ta murojaat bo‘yicha esa mas’ullarga aniq muddatlar belgilanib, ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur ommaviy qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👉👉👉Lavhamizda jarayonlar
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#Chilonzor#Tirsakobod
#SudFaoliyati
#OchiqMuloqot
#HuquqiyTushuntirish
#FuqarolarMurojaati
Chilonzor tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Chilonzor tumani Tirsakobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish hamda huquqiy tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi X.R. Ergasheva ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, tadbirda mahalla “yettligi” a’zolari ham faol qatnashdi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar tinglanib, ular yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va amaliy maslahatlar berildi. Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qayd etildi.
Tadbir faol va samarali ruhda o‘tkazildi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi