@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80591 · 20.02.2026 г., 11:16
#XavfsizMahalla #BarqarorOila #BeshkorgonMFY #XotinQizlar #IjtimoiyLoyiha #HuquqbuzarliklarningOldiniOlish “Xavfsiz mahalla — barqaror oila” ijtimoiy loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi Tuman mahallalarida xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Xavfsiz mahalla — barqaror oila” ijtimoiy loyihasi doirasida manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan “Beshqo‘rg‘on” MFY tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida aholining ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash, oilaviy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida xotin-qizlarning oila turmushi, ijtimoiy va psixologik masalalarga oid muammolari tinglanib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishga xizmat qilmoqda. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi