Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев рахбарлигида Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан тантанали тадбирда Узбекистондаги дипломатик корпус вакиллари - аёл дипломатлари иштирок этдилар.
Европа Иттифоқининг Узбекистондаги Делегацияси рахбари, элчи Шарлотта Адриан хоним хам тантанада катнашдилар.
https://president.uz/uz/lists/view/4210
—
На прошедшем сегодня по случаю Международного женского дня праздничном мероприятии в столице приняли участие женщины-дипломаты, представители дипкорпуса в Узбекистане.
Глава Делегации Европейского Союза в Узбекистане, Посол Шарлотта Адриан также приняла участие на торжественном мероприятии под руководством Президента Узбекистана.
https://president.uz/ru/lists/view/4210
#bayram#xotinqizlar
#Forum#XotinQizlar
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalarida 20-fevral kuni “ILMLI AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI” haftaligi doirasida “IT sohasi rivojida xotin - qizlarning o‘rni” mavzusidagi forum va ko‘rgazma tashkil etiladi.
Forum doirasida:
🟢 xotin-qizlarning ilm-fandagi va tadbirkorlikda erishgan yutuqlari hamda tadbirkorlik mahsulotlarining yarmarkasi;
🟢 Olima ayollar va talaba-qizlarning loyihalar taqdimoti;
🟢 mavzu doirasidagi olima ayollar, professor-o‘qituvchilarning tabrik so‘zlari hamda ma’ruzalar tinglanadi.
⏰O‘tkazish kuni va vaqti: 20-fevral, soat 10:00.
📌O‘tkazish joyi: TATU Ma'naviyat va ma'rifat markazi
✈️@tuituz_official
#birlik
#diydor
#xotinqizlar
⚡️ Kuni kecha Jamiyatimizda “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati”ning ilk faol a’zolaridan biri — Sitoraxon mehmon bo‘ldilar.
🌸 Oradan 3 yil o‘tib yuzma-yuz diydor ko‘rishish, samimiy suhbat qurish — barchamiz uchun quvonchli va hayajonli lahza bo‘ldi.
✨ Bu uchrashuv nafaqat esdalik, balki bir paytlar boshlangan ezgu ishlarning davomiyligini, mehr va sadoqat rishtalarining mustahkamligini ham yaqqol namoyon etdi.
🇺🇿Yurtimiz ayollarining birligi, faolligi va o‘zaro e’tibori — eng katta boyligimizdir.
✔️Bizni kuzatishda davom eting! Bundan-da katta yangiliklar hali oldinda!
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitet jamoasi va talaba-qizlarga bayram tabrigi
____
Поздравлениеректора Национального университета Узбекистана коллективу университета и студенткам по случаю Международного женского дня.
#RektorTabrigi#8Mart#XotinQizlar
☑️O’zbekiston Milliy universiteti
👩🎓 Xotin-qizlar uchun ta’lim dasturida qatnashishga shoshiling!
So‘nggi yillarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Buning uchun davlatimiz tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan turli tashkilotlar hamkorligida bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu kabi loyihalardan biri bu – “Wspark Women in Tech”. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda AKT sohasida yosh ayol IT-mutaxassislar uchun ta’lim dasturi hisoblanadi. Barcha IT sohasiga qiziquvchi xotin-qizlar “Wspark Women in Tech” tanlovida ishtirok etishlari uchun ro’yxatdan o’tishi mumkin.
Arizalarni qabul qilish 15-maygacha davom etadi.
Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:https://bit.ly/WsparkWomeninTech
#digital
#mitc
#xotinqizlar
#imkoniyat
📌Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
✅Ochilova Kamola Fakhriddin qizi — hunarmandlikda ustoz ✨
📊Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida yashab, Jizzax shahar, Zilol MFYda faoliyat olib borayotgan Ochilova Kamola Fakhriddin qizi g‘ul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishida hunarmandlik qilmoqda.
📊Uning mehnati bilan hozirga qadar 50 nafar xotin-qiz shogird bo‘ldi. Hozirda esa mahalladagi kambag‘allikda yashayotgan xotin-qizlarni shogirdlikka chaqirib, ularni hunarmandlikka o‘rgatmoqda.
🖌 Kamola Fakhriddin qizi nafaqat san’atni rivojlantirmoqda, balki mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini ham oshirmoqda.
#Hunarmand#Jizzax#XotinQizlar#MahallaFaolligi#GulBosilganGazlamalar#ChokliBuyumlar
✅Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
🌸XOTIN-QIZLAR HAYOTIGA E’TIBOR – BUXORODA NAVBATDAGI UCHRASHUV 🌸
📍 “Temiryo‘lkargo” AJ Buxoro filialida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👩💻 Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisi Nargis Kirgizova hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodim Guli Nigor Avazova ishtirok etib, filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashishdi. Ularning ish faoliyatlari, ish joyida yaratilgan qulayliklari bilan tanishishdi.
💬Uchrashuvda:
▪️ Ayollarni qiynayotgan muammolar tinglandi;
▪️ Ish joyidagi sharoitlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi;
▪️ Taklif va tashabbuslar eshitildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning mehnat va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yanada kuchaytirishdir.
✅ Uchrashuv samimiy muhitda o‘tdi va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
#Temiryulkargo#BuxoroFiliali#XotinQizlar#AyollarFaolligi#Manaviyat#Muloqot
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram
#JaholatgaQarshiMarifat
#XotinQizlar
#Mahalla#Oila#Tarbiyа
#PsixologikTrening
Chilonzor tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni asosida davra suhbati o‘tkazildi
Chilonzor tumani “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod” hamda “Fidokor” mahallalarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni doirasida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida oilada tinchlikni mustahkamlash, farzandlar va ota-ona o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, samarali muloqot o‘rnatish hamda insoniylik fazilatlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun psixologik treninglar tashkil etilib, hayotiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri yondashuvlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
“Qaynonam – onam mening, kelinim – bolam mening” oyligi doirasida “Temiryo‘lkargo” AJ xotin-qizlari uchun davra suhbati tashkil etildi.
📖 Suhbatda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira va yozuvchi, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi Ma’mura Zohidova ishtirok etdi.
✨ Tadbir davomida oilaviy qadriyatlar, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ayollarning jamiyat va oila hayotidagi o‘rni haqida samimiy fikrlar bildirildi. Bundan tashqari, oila jamiyatning eng kichik va muhim bo‘g‘ini ekanini ta’kidlab, undagi ayollarning o‘rni, qadri, ayoli oqila bo‘lgan oila, jamiyat, davlatda hamisha barqarorlik, rivojlanish bo‘lishini aytib o‘tdi.
Shoira o‘z ijodidan namunalar o‘qib, ayollarga bag‘ishlangan she’rlar orqali ishtirokchilarga ruhiy ko‘tarinkilik ulashdi.
💬Shuningdek, ishtirokchilar ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘zaro fikr almashishdi.
Xotin-qizlar bilan kechgan bu iliq muloqot o‘zaro hurmat, mehr va qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
#Temiryolkargo#Xotinqizlar#MamuraZohidova#QaynonamOnamMening#AyollarFaolligi#OilaQadriyati#TemiryolkargoAJ
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram
#XavfsizMahalla
#BarqarorOila
#BeshkorgonMFY
#XotinQizlar
#IjtimoiyLoyiha
#HuquqbuzarliklarningOldiniOlish
“Xavfsiz mahalla — barqaror oila” ijtimoiy loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
Tuman mahallalarida xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Xavfsiz mahalla — barqaror oila” ijtimoiy loyihasi doirasida manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilmoqda.
Shu munosabat bilan “Beshqo‘rg‘on” MFY tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida aholining ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash, oilaviy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida xotin-qizlarning oila turmushi, ijtimoiy va psixologik masalalarga oid muammolari tinglanib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishga xizmat qilmoqda.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#O‘quvSeminari
#MahallaЕttiligi
#IchkiIshlarVazirligi
#Hokimlik
#MFY
#Profilaktika
#YoshlarSiyosati
#XotinQizlar
#HokimYordamchisi
Chilonzor tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv seminari o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirligi hamda Chilonzor tuman hokimligi hamkorligida “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv dasturi 12 moduldan iborat bo‘lib, har hafta belgilangan jadval asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilari ishtirok etmoqda.
Bugungi o‘quv-seminari Chilonzor tumanidagi 217-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi