@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82104 · 24.03.2026 г., 06:27
#O‘quvSeminari #MahallaЕttiligi #IchkiIshlarVazirligi #Hokimlik #MFY #Profilaktika #YoshlarSiyosati #XotinQizlar #HokimYordamchisi Chilonzor tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv seminari o‘tkazildi Ichki ishlar vazirligi hamda Chilonzor tuman hokimligi hamkorligida “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Mazkur o‘quv dasturi 12 moduldan iborat bo‘lib, har hafta belgilangan jadval asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilari ishtirok etmoqda. Bugungi o‘quv-seminari Chilonzor tumanidagi 217-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi. 🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi