@IHMA_matbuotkotibi · Post #736 · 03.12.2025 г., 10:28
🇺🇿 O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ko‘plab oilalar farzandlarining jamiyatga to‘liq qo‘shilishini ta’minlash jarayonida katta moliyaviy bosimga duch kelmoqda. 🖋 Mazkur tadqiqot UNICEF Uzbekistanning texnik yordami bilan amalga oshirilgan bo‘lib, bolalarning inklyuziyasi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar:davolanish, reabilitatsiya, ta’lim vositalari, yordamchi texnologiyalarva shaxsiy parvarishkabi ehtiyojlarning to‘liq ro‘yxatini shalllantirish va ularning real xarajatlarini aniqlashga qaratilgan. Shuningdek, u joriy ijtimoiy yordam mexanizmlarining ushbu ehtiyojlarni qanchalik qoplayotganini ham baholaydi va maqsadli ijtimoiy himoya choralarini ishlab chiqish uchun dalillar taqdim etadi. 🔗 Tadqiqot va zarur tovar va xizmatlar ro‘yxatiga havola. 🇺🇿 Tadqiqot tez orada o‘zbek tilida ham e’lon qilinadi. #inklyuziya#ijtimoiyadolat#tengimkoniyatlar 🎖socialpolicylab.uz 📝Telegram😄LinkedIn💻Instagram