Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
Bugun Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari uchun kurashish kuni nishonlanmoqda.
Nogironligi bo‘lgan insonlar mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari mumkin.
Har birimiz to‘siqlarni bartaraf etish va inklyuziyani kengaytirish orqali nogironligi bo‘lgan insonlarga do'stona munosabatdagi muhitni yaratishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.
__
Сегодня отмечается Международный день борьбы за права людей с инвалидностью.
Люди с инвалидностью могут принимать самостоятельные решения и активно участвовать в жизни общества.
Каждый из нас может внести вклад в создание дружелюбной среды для лиц с инвалидностью, разрушая барьеры и расширяя инклюзию.
#Tosiqlarsiz#БезБарьеров#Inklyuziya#Инклюзия
🇺🇿 O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ko‘plab oilalar farzandlarining jamiyatga to‘liq qo‘shilishini ta’minlash jarayonida katta moliyaviy bosimga duch kelmoqda.
🖋 Mazkur tadqiqot UNICEF Uzbekistanning texnik yordami bilan amalga oshirilgan bo‘lib, bolalarning inklyuziyasi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar:davolanish, reabilitatsiya, ta’lim vositalari, yordamchi texnologiyalarva shaxsiy parvarishkabi ehtiyojlarning to‘liq ro‘yxatini shalllantirish va ularning real xarajatlarini aniqlashga qaratilgan.
Shuningdek, u joriy ijtimoiy yordam mexanizmlarining ushbu ehtiyojlarni qanchalik qoplayotganini ham baholaydi va maqsadli ijtimoiy himoya choralarini ishlab chiqish uchun dalillar taqdim etadi.
🔗 Tadqiqot va zarur tovar va xizmatlar ro‘yxatiga havola.
🇺🇿 Tadqiqot tez orada o‘zbek tilida ham e’lon qilinadi.
#inklyuziya#ijtimoiyadolat#tengimkoniyatlar
🎖socialpolicylab.uz
📝Telegram😄LinkedIn💻Instagram
Nogironligi bo‘lgan har uchinchi respondent bir yildan ortiq vaqt davomida ish qidirmoqda - so‘rovnoma natijalari
🧑🏻🦽Davlat dasturlari va kvotalar mavjudligiga qaramay, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelyapti. Buni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan anonim so‘rovnomamiz natijalari ham tasdiqlamoqda.
So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning aksariyati erkaklar, uchdan bir qismi esa ayollardir. So‘ralganlarning deyarli yarmi faol ish qidirmoqda. Bu nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida yashirin ishsizlik darajasi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Har uchinchi respondent bir yildan ortiq vaqt davomida ish qidirmoqda.
🌐Batafsil oʻqish
#Inklyuziya#Bandlik#FCDO#EGED#MJDC
VoiceUp — bu shunchaki oromgoh emas. Bu — har bir bola eshitilgan, har bir inson o‘zini teng va qadrli his qilgan joy.
Bu yerda nogironligi bo‘lgan bolalar ham, boshqalar ham birga o‘rgandi, o‘zaro fikr almashdi va, eng muhimi — ularni tinglashdi.
Har bir fikr, har bir orzu, har bir so‘z muhim bo‘ldi. Chunki inklyuziya — bu tenglik haqidagina emas, balki tinglash va qabul qilish haqida ham.
Ularning yoniga bordik. Rasmiy nutqlar bilan emas — haqiqiy muloqot uchun, birga o‘tirib, ularni eshitish, fikrlarini eshitish uchun. Chunki yoshlar siyosati — ularsiz emas, ular bilan birga amalga oshishi kerak. Va bu kabi lager Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgani bejiz emas.
VoiceUp — bu yoshlar ovozini eshitishga tayyor jamiyat qurish yo‘lidagi yana bir muhim qadam.
#VoiceUp#YoshlarOyligi#BizBirgamiz#Inklyuziya
#Fikringni_ber
#Namangan
🗣“Voice Up-2026” — Yangi g’oyalar, do’stlik va tenglik atmosferasi
🟢Namanganda 9–11-aprel kunlari “Voice Up–2026” inklyuziv yoshlar oromgohi katta shukuh va yorqin taassurotlar ostida bo‘lib o‘tdi.
🟢Mazkur oromgohda 400 nafardan ziyod yoshlar orasidan saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z loyihalari bilan qatnashdi. Dastur davomida tashkil etilgan turli treninglar, master-klasslar hamda madaniy tadbirlar yoshlar uchun yangi bilimlar manbai bo‘lish bilan birga ularga katta motivatsiya ham berdi.
🟢Shuningdek, viloyat hokimi bilan o‘tgan samimiy, protokolsiz uchrashuvda yoshlarning fikr va tashabbuslari erkin bildirib o‘tildi, ularning ovozi yanada baland yangradi.
🎬Batafsil videoda…
#Teng_imkoniyatlar#Inklyuziya
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
🗣Inklyuziv rivojlanish yo‘lida: “Hands of support”
🤩Xabar berganimizdek, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida yangi — “Hands of support” volontyorlik guruhi ish boshladi.
🖐Guruhning asosiy maqsadi — nogironligi va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning jamiyatga to‘laqonli integratsiyasini ta’minlashda ularning kommunikativ, ijodiy va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
💼Volontyorlar o‘z faoliyatini “Imkon” reabilitatsiya markazidan boshladi. Dastlabki bosqichda guruh a’zolari markazdagi 4–5 yoshdagi bolalarning rivojlanishi bo’yicha mashg’ulotlarida ishtirok etib, bolalar bilan ishladilar.
🎤Mashg‘ulotlar davomida bolalarning muloqot ko‘nikmalari, mayda motorikasi, ijtimoiy faolligi rivojlantirishga qaratilgan turli interaktiv va qiziqarli usullar qo‘llanildi.
#HandsOfSupport#Volontyorlik#Inklyuziya#IjtimoiyLoyiha#MehrUlashing
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn