TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 3 слични објави

Пребарај: #insonparvarlik

当前筛选 #insonparvarlik清除筛选
ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #2824 · 08.10.2025 г., 18:56

#hamjihatlik #birgalikda #insonparvarlik 🇺🇿Aziz vatandoshlar! ⚡️ O‘tgan hafta 2007-yilda tug‘ilgan, bundan ikki oy avval Turkiyaga kelgan Turkmaniston fuqarosi Nurana Gurbangeldiyeva ismli 18 yoshli qizimizning uydan chiqib ketib, qaytib kelmagani haqida e’lon bergan edik. 🌸 Bugun sizlar bilan quvonchli xabarni ulashamiz: Nurana topildi! Ma’lum bo‘lishicha, u Migratsiya xizmati vakillari tomonidan yonida hujjati bo‘lmagani sababli tekshiruv uchun deportatsiya markazida (GGM) vaqtincha ushlab turilgan. 🤍 Onasining tashvishi barham topdi, qizimizning holati nazorat ostida. ✨Bir insonning taqdiri befarqlikda qolmadi. Hamjihatlik, mehr va insoniylik namunasini ko‘rsatgan barcha vatandoshlarimizga, murojaatni e’tiborsiz qoldirmagan, qo‘llab-quvvatlagan har bir kishiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. ✅Bizni kuzatishda davom eting! Bundan-da katta yangiliklar hali oldinda! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!

TDYU YURIDIK KLINIKASI

@tdyu_yuridik_klinikasi · Post #3020 · 03.03.2025 г., 10:33

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ 👩‍🦰Ayollar uchun qanday imtiyozlar mavjud ❓ Ayollar uchun davlat tomonidan turli imtiyozlar taqdim etilgan. Quyida ularning eng muhimlari bilan tanishing:⬇️ 👥Tadbirkorlik uchun qo‘llab-quvvatlash – Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi. 💼Ish joyida himoya – Ayollarni pensiya yoshiga to‘lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilanishdan bo‘shatish taqiqlanadi. ✏ Ta’limda qo‘llab-quvvatlash – Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi. Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to‘lab berilishi mumkin. 🛡“Ayollar daftari” imkoniyatlari –"Ayollar daftari"ga kiritilganlarga kredit berilishi mumkin. Shuningdek, ushbu daftarga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlaribog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi. 🤰Ish sharoitlari – Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirish uchun tanaffus beriladi. 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga o‘tkaziladi. Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llanilmaydi. ☺️Qo‘shimcha ta’til –12 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha ta’tilberiladi. 💵Kasbiy rivojlanish – Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi. 🏘Uy-joy imtiyozlari – Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlargaimtiyozli uy-joylar beriladi. 🎖 Faoliyat uchun rag‘bat – Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. 🏆Rahbarlik imkoniyatlari – Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirokita’minlanadi. 👵Pensiya imtiyozlari – Ayrim ayollar54 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin. 💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Toxirov Dilshodbek 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook #Ijtimoiy_himoya, #Ayollar_huquqi, #Insonparvarlik, #insonqadri

UTYCARGO Uzbekistan

@utycargo · Post #825 · 13.10.2025 г., 07:43

“Temiryo‘lkargo” AJ faxriylar va ularning oilalarini e’tibordan chetda qoldirmaydi “Temiryo‘lkargo” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari temir yo‘llar tizimida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy xodimlar holidan xabar oldi. Uchrashuvlar davomida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Aleksandr Kalyazin, Yangiyo‘l tumanida yashovchi Abdumajid Xidirov hamda Dilmurod Jo‘rayevlarning ahvoli bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida vafot etgan Buxoro filiali Tinchlik stansiyasi katta yuk qabul qilib, topshiruvchisi G‘ulomjon Ermatovning oilasiga ham moddiy yordam ko‘rsatildi. – “Turmush o‘rtog‘im vafot etgach, moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qoldik. “Temiryo‘lkargo” AJ rahbariyati va Kasaba uyushmasi faollari bizni unutishmayapti, moddiy va ma’naviy yordam berib kelishayapti. Bu biz uchun eng katta ruhiy dalda bo‘layapti,” – deydi marhumning turmush o‘rtog‘i Rayhona Tursunmurodova. “Temiryo‘lkargo” AJ jamoasi nafaqat faol xodimlarni, balki fidokorona xizmat qilgan faxriylar va ularning oilalarini hamisha e’tibor markazida ushlab kelmoqda. Chunki mehr, e’tibor va insonparvarlik — bizning eng katta boyligimizdir. #TemiryolKargo#KasabaUyushmasi#FaxriylarEtiborda#MehrVaEhtirom#Insonparvarlik#YaxshilikUnutilmas АО “Темирйулкарго” не оставит без внимания ветеранов и их семьи Члены профсоюзного комитета АО "Темирйулкарго" посетили состояние ветеранов, много лет самоотверженно служивших в системе железных дорог и в настоящее время находящихся на пенсии. В ходе встреч были ознакомлены с состоянием Александра Калязина, проживающего в городе Чирчике Ташкентской области, Абдумаджида Хидирова и Дилмурода Джураева, проживающих в Янгиюльском районе. Также материальная помощь была оказана семье Гуломжона Эрматова, работодателя станции "Тинчлик" Бухарского филиала, который скончался в феврале этого года. - "После смерти мужа мы оказались в тяжелом материальном положении. Руководство АО "Темирйулкарго" и профсоюзные активисты не забывают нас, оказывают материальную и моральную поддержку. Это для нас большая духовная поддержка," - говорит супруга покойного Райхона Турсунмуродова. Команда АО "Темирйулкарго" всегда уделяет внимание не только активным сотрудникам, но и самоотверженно служившим ветеранам и их семьям. Потому что любовь, внимание и гуманизм - наше самое большое богатство. #ЖелезнодорожныйКарго#Профсоюз#ВетераныВнимание#ДобротаиУважение#Гуманизм#ДобротаНезабываема https://t.me/utycargo utycargo.uz 📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram