@utycargo · Post #825 · 13.10.2025 г., 07:43
“Temiryo‘lkargo” AJ faxriylar va ularning oilalarini e’tibordan chetda qoldirmaydi “Temiryo‘lkargo” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari temir yo‘llar tizimida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy xodimlar holidan xabar oldi. Uchrashuvlar davomida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Aleksandr Kalyazin, Yangiyo‘l tumanida yashovchi Abdumajid Xidirov hamda Dilmurod Jo‘rayevlarning ahvoli bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida vafot etgan Buxoro filiali Tinchlik stansiyasi katta yuk qabul qilib, topshiruvchisi G‘ulomjon Ermatovning oilasiga ham moddiy yordam ko‘rsatildi. – “Turmush o‘rtog‘im vafot etgach, moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qoldik. “Temiryo‘lkargo” AJ rahbariyati va Kasaba uyushmasi faollari bizni unutishmayapti, moddiy va ma’naviy yordam berib kelishayapti. Bu biz uchun eng katta ruhiy dalda bo‘layapti,” – deydi marhumning turmush o‘rtog‘i Rayhona Tursunmurodova. “Temiryo‘lkargo” AJ jamoasi nafaqat faol xodimlarni, balki fidokorona xizmat qilgan faxriylar va ularning oilalarini hamisha e’tibor markazida ushlab kelmoqda. Chunki mehr, e’tibor va insonparvarlik — bizning eng katta boyligimizdir. #TemiryolKargo#KasabaUyushmasi#FaxriylarEtiborda#MehrVaEhtirom#Insonparvarlik#YaxshilikUnutilmas АО “Темирйулкарго” не оставит без внимания ветеранов и их семьи Члены профсоюзного комитета АО "Темирйулкарго" посетили состояние ветеранов, много лет самоотверженно служивших в системе железных дорог и в настоящее время находящихся на пенсии. В ходе встреч были ознакомлены с состоянием Александра Калязина, проживающего в городе Чирчике Ташкентской области, Абдумаджида Хидирова и Дилмурода Джураева, проживающих в Янгиюльском районе. Также материальная помощь была оказана семье Гуломжона Эрматова, работодателя станции "Тинчлик" Бухарского филиала, который скончался в феврале этого года. - "После смерти мужа мы оказались в тяжелом материальном положении. Руководство АО "Темирйулкарго" и профсоюзные активисты не забывают нас, оказывают материальную и моральную поддержку. Это для нас большая духовная поддержка," - говорит супруга покойного Райхона Турсунмуродова. Команда АО "Темирйулкарго" всегда уделяет внимание не только активным сотрудникам, но и самоотверженно служившим ветеранам и их семьям. Потому что любовь, внимание и гуманизм - наше самое большое богатство. #ЖелезнодорожныйКарго#Профсоюз#ВетераныВнимание#ДобротаиУважение#Гуманизм#ДобротаНезабываема https://t.me/utycargo utycargo.uz 📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram