@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80813 · 26.02.2026 г., 10:40
#Chilonzor #Probatsiya #YoshlarBilanUchrashuv #OchiqMuloqot Chilonzor tumanida probatsiya nazoratidagi shaxslar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Chilonzor tumanida Ichki ishlar organlari, tuman hokimligi hamda prokuratura mas’ullari ishtirokida probatsiya bo‘limida jazo muddatini o‘tab kelayotgan 95 nafar shaxslar, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti talabalari hamda yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida bir guruh yoshlar va nazorat ostidagi shaxslar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Tuman rahbarlari tomonidan har bir murojaat joyida o‘rganilib, tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Aksariyat masalalar joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, bugungi kunda “asr vabosi”ga aylangan narkojinoyatlar haqida atroflicha suhbatlashilib, ushbu illatning salbiy oqibatlari hamda uning domiga tushib qolmaslik bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan nazorat ostidagi shaxslarga amaliy tavsiyalar berilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi. #NarkojinoyatgaQarshiKurash#Tadbirkorlik#Profilaktika 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi