Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#Chilonzor
#SayyorSud
#Probatsiya
#HuquqbuzarlikProfilaktikasi
Chilonzorda sayyor sud: 12 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ozod qilindi
Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar hamda sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining 1-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda tuman sudyasi va IIV JXD Probatsiya bo‘limi rahbari ishtirok etdi. Jarayon davomida probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning muammolari tinglandi.
Tadbirning asosiy natijalari:
⬅️ 12 nafar shaxs namunali xulq-atvori uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ozod qilindi.
⬅️ 4 nafar yoshning murojaatlari tuman hokimi, prokurori va IIO FMB boshlig‘i ishtirokidagi uchrashuvda alohida o‘rganilib, ijobiy hal etilishi belgilandi.
⬅️Tadbirkorlik boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar va yo‘nalishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar nazorat ostidagi shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor
#YoshlarKuni
#Probatsiya
#HuquqiyTargibot
#XavfsizHayot
CHILONZORDA PROBATSIYA NAZORATIDAGI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Chilonzor tumanida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Kichik Xirmontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida maxsus uchrashuv tashkil etildi.
Kuni kecha o'tkazilgan mazkur tadbirda Chilonzor tumani IIO FMB mas'ul mutasaddilari, IIV JXD Probatsiya xizmati rahbarlari hamda sog‘liqni saqlash xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni salbiy illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
Uchrashuvning asosiy mavzulari:
🔹 Yoshlarni giyohvandlik, diniy ekstremizm va kiberjinoyatlardan asrash;
🔹 Qonunchilikdagi yangiliklar hamda jazo o‘tash tartib-qoidalari;
🔹 Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning protsessual tartiblari;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025-yildagi PF-207-sonli farmoni mazmun-mohiyati.
Tadbir davomida yoshlarning muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Xususan:
✅ 4 nafar ishsiz yoshga o‘zlari qiziqqan korxonalarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi;
✅ 33 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarish va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor
#Probatsiya
#YoshlarBilanUchrashuv
#OchiqMuloqot
Chilonzor tumanida probatsiya nazoratidagi shaxslar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Chilonzor tumanida Ichki ishlar organlari, tuman hokimligi hamda prokuratura mas’ullari ishtirokida probatsiya bo‘limida jazo muddatini o‘tab kelayotgan 95 nafar shaxslar, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti talabalari hamda yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida bir guruh yoshlar va nazorat ostidagi shaxslar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Tuman rahbarlari tomonidan har bir murojaat joyida o‘rganilib, tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Aksariyat masalalar joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, bugungi kunda “asr vabosi”ga aylangan narkojinoyatlar haqida atroflicha suhbatlashilib, ushbu illatning salbiy oqibatlari hamda uning domiga tushib qolmaslik bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan nazorat ostidagi shaxslarga amaliy tavsiyalar berilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
#NarkojinoyatgaQarshiKurash#Tadbirkorlik#Profilaktika
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#SayyorQabul
#XotinQizlarQollabQuvvatlash
#Probatsiya
#HuquqbuzarlikProfilaktikasi
#Bandlik
#IjtimoiyHimoya
#HuquqiyYordam
Xotin-qizlar muammolariga yechim — sayyor qabul tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumanidagi IIO FMB tomonidan profilaktik hisobda hamda probatsiya hisobida turuvchi xotin-qizlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabul tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari hamkorligida o‘tkazildi. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshliq o‘rinbosari, podpolkovnik N.G‘iyasova, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi inspektorlari N.Bobonazarova, tuman tibbiyot birlashmasi 34-OP bosh shifokori, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari hamda psixolog ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida probatsiya hisobida turgan 9 nafar xotin-qiz bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Jumladan:
✅ 4 nafar fuqaroga tayinlangan jazo muddatidan ilgari ozod etilish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi;
✅ 2 nafar ayolga kasb-hunarga o‘qish bo‘yicha takliflar berildi;
✅ 3 nafar ayolga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Bunday tadbirlar xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga moslashtirish va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga xizmat qiladi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi