Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#tadqiqot
☄️ O‘zbekiston tog‘lari va "tog‘ sharpasi": Zoologiya instituti xalqaro loyihada!
BBC Earth kanali Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoplonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus reportaj tayyorladi. Ushbu nufuzli loyihada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari, xususan, mutaxassis Mariya Gritsina hamda soha ekspertlari faol ishtirok etishdi.
Hisor qo‘riqxonasida bugungi kunda 61 ta qor qoploni qayd etilgan.
Zoologiya instituti xodimlari qoplonlar harakatini xaritalash va ularning yashash joylarini aniqlash bo‘yicha rangerlar bilan doimiy ish olib bormoqdalar.
Loyiha doirasida noyob "fototuzoq" tasvirlari olindi, bu esa ushbu ekotizimning barqarorligini isbotlaydi.
Ma’lumot o‘rnida: "Michaela Strachan bilan qor qoplonlarini qidirib" ko‘rsatuvi 28-fevral va 1-mart kunlari BBC News telekanalida efirga uzatiladi.
☄️Горы Узбекистана и «горный призрак»: Институт зоологии в международном проекте!
Телеканал BBC Earth подготовил специальный репортаж об изучении снежных барсов в Гиссарском государственном заповеднике. В этом престижном проекте активно участвовалиученые Института зоологии Академии наук Узбекистана, в частности специалист Мария Грицина, и эксперты в данной области.
На сегодняшний день в Гиссарском заповеднике зарегистрирован 61 снежный барс.
Сотрудники Института зоологии постоянно работают с егерями, отслеживая перемещения барсов и определяя их ареалы обитания.
В рамках проекта были получены уникальные изображения с «фотоловушек», подтверждающие устойчивость этой экосистемы.
❗️Для информации: программа «В поисках снежных барсов с Михаэлой Страчан» будет показана на BBC News 28 февраля и 1 марта.
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#tadqiqot
☘️Dorivor o‘simliklar ichidagi ko‘zga ko‘rinmas “tabiblar”
Dorivor o‘simliklar nafaqat o‘zlarining shifobaxsh moddalarini, balki o‘simlik ichida yashovchi va yashirin laboratoriya vazifasini bajaradigan ko‘rinmas foydali bakteriyalar - endofitlarni ham o‘z ichiga oladi.
Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari Vernonia anthelmintica gullarini o‘rganishdi va quyidagilarni aniqladilar:
✔️ Endofit bakteriyalarining 32 turi;
✔️ Ulardan 8 tasi patogen mikroorganizmlarni bostiradi;
✔️ Bakteriyalar Bacillus, Streptococcus, Priestia va Paenibacillus turkumlariga tegishli.
Eng faol madaniyat Priestia megaterium XJB-41 hisoblanadi.
U ko‘p maqsadli faollikka ega bioaktiv birikmalarni sintez qiladi:
✔️ patogenlar va saraton hujayralariga qarshi;
✔️ melanoma hujayralarida melanin sintezini kuchaytiradi.
Maxsus ozuqaviy muhitda bakteriyalar tez o‘sadi va ko‘plab bioaktiv moddalarni ishlab chiqaradi. Ayniqsa, undan patogenlar va saratonga qarshi faol bo‘lgan ikkita yangi birikma ajratib olinganligi juda muhim. Bu birikmalarni kelajakda tibbiy kimyo va farmakologiyada yangi dori vositalari yaratishda nomzod birikma sifatida tafsiya etish mumkin.
Dorivor o‘simliklardan olingan endofit mikroorganizmlardan foydalanish, ayniqsa o‘simliklar kam uchraydigan, sekin o‘sadigan yoki sintez qilish qiyin bo‘lgan hollarda, bioaktiv birikmalarni olishning ekologik toza va tejamkor usuli hisoblanadi.
☘️Невидимые «целители» внутри лекарственных растений
Лекарственные растения содержат не только свои целебные вещества, но и невидимые полезные бактерии — эндофиты, которые живут внутри растения и работают как скрытая лаборатория.
Учёные Института микробиологии АН РУз изучилицветки Vernonia anthelmintica и выявили:
✔️ 32 вида эндофитных бактерий;
✔️ 8 из них подавляют патогенные микроорганизмы;
✔️ бактерии относятся к родам Bacillus, Streptococcus, Priestia и Paenibacillus.
Самая активная культура — Priestia megaterium XJB-41.
Она синтезирует биоактивные соединения с мультитаргетной активностью:
✔️ против патогенов и раковых клеток,
✔️ усиливает синтез меланина в клетках меланомы.
В специальной питательной среде бактерия быстро растёт и производит много биоактивных веществ.
Особенно важно, что из неё выделили два новых соединения, активных против патогенов и рака, которые могут стать кандидатами для новых лекарств.
Использование эндофитных микроорганизмов лекарственных растений — экологически чистый и экономически выгодный способ получения биоактивных соединений, особенно когда растения редкие, медленно растут или синтез веществ сложен.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#tadqiqot
Mahalliy kartoshka urug‘lari bilan yangi texnologiyalar: fermerlar uchun istiqbolli tajribalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ko‘rsatmalari doirasida O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining tajriba dalasida XXRning Singdau qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda g‘alladan bo‘shagan maydonga mahalliy kartoshka urug‘larini Xitoy texnologiyasi asosida bir necha usullarda tajribalar o‘tkazildi.
Tajriba usullari kesimida hosildorlik gektariga o‘rtacha 40-50 tonnani tashkil etdi.
Ushbu tajribalarga bevosita masʼul bo‘lgan Institut ilmiy xodimlari B.Chinniqulov, S.Meliyev va X.To‘raqulov so‘zlarga ko‘ra, tajribaning eng samarali usullari kelgusi yilda kattaroq maydonda davom ettirilib, yanada ko‘proq hosildorlikka erishish hamda respublikamiz fermer xo‘jaliklariga ushbu texnologiyani joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Ushbu tarjibalar Xitoy Xalq Respublikasining SINXUА Аxborot agentligining video-reportajida yoritildi.
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#tadqiqot
Ipak yo‘li tarixini yangilayotgan kashfiyot
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va amerikalik hamkorlar tomonidan Tug'onbuloqda olib borilayotgan arxeologik izlanishlar to’g’risida AQSH Smithsonian Magazine jurnali katta maqola nashr etildi.
Maqolada qayd etilishicha, Tug‘onbuloq arxeologik yodgorligi VI–XI asrlarda mavjud bo‘lgan shahar bo‘lib, tadqiqotchilar uni tarixiy manbalarda tilga olingan, ammo topilmagan Marsmanda shahri deb taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonning baland tog‘larida olib borilgan qazishmalar Ipak yo‘li tarixini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lishi mumkin.
Arxeologlar dengiz sathidan 7 ming fut (2000 metr) balandlikdagi hududda mustahkam devorlar bilan o‘ralgan, 300 akrlik (120 ga) temir ishlab chiqaruvchi yirik markaz izlarini topdilar. Bu joy hozir faqat chorvadorlar kelib-ketadigan yaylov bo‘lsa-da, ming yil avval bu yerda temir eritish, qurol-aslaha va asboblar ishlab chiqaruvchi rivojlangan shahar bo‘lgan.
Topilmalar orasida temirga boy jinslar, metall ustaxonalari, uy-joy qoldiqlari, sopol idishlar, shisha munchoqlar, kumush taqinchoqlar, to‘quv anjomlari uchragan. Shuningdek, undan 5 km uzoqlikdagi Toshbuloq yodgorligidan 650 dan ortiq qabrdan iborat yirik o‘rta asr qabristoni ham aniqlangan. Dafn marosimlari musulmon an'analari asosida amalga oshirilgan bo‘lib, bu islomning tog‘li hududlarga erta kirib kelganidan dalolat beradi.
Olimlar fikricha, Tug’onbuloq shahri VIII–XI asrlarda gullab-yashnagan, yozda chorvadorlar bu yerga savdo-sotiq uchun kelgan, shahar esa pasttekislikdagi Samarqand yoki boshqa bozor markazlari bilan bog‘langan. Temir ishlab chiqarish esa shahar iqtisodiyotining asosi bo‘lgan.
❗️Qazishmalar Ipak yo‘li faqat katta shaharlar orqali emas, balki baland tog‘li hududlar orqali ham faol o‘tganini ko‘rsatmoqda. Bu esa ko‘chmanchi chorvadorlarning Ipak yo‘lidagi roli avval o‘ylanganidan ancha katta bo‘lganini tasdiqlaydi.
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
📚#Tadqiqot – Otalari birgalikda mashg‘ulot olib borgan bolalar maktabda yaxshiroq o‘qiydi!
Buyuk Britaniya olimlari, xususan, Manchester universiteti professorlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan otalari ko‘proq interaktiv mashg‘ulotlar olib borsa, ular maktabda yaxshiroq o‘qishadi.
Bunday mashg‘ulotlar birgalikda o‘qish, rasm chizish, o‘ynash, kuylash va hikoya qilish kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar 2000-2002 yillarda tug‘ilgan farzandlari bor jami 5 mingga yaqin ota-onasi to‘liq oilalarning ma’lumotlarini o‘rganib chiqqan. Bunda bolalarning 5-7 yoshda boshlang‘ich maktabda olgan test baholari tadqiq qilingan.
Va natijaga ko‘ra, 3 yoshida bolalari bilan muntazam ravishda o‘ynagan, kitoblar o‘qigan va rasmlar chizgan otalar bolalarining 5 yoshidagi baholari yaxshiroq bo‘lishiga, 5 yoshida bolasi bilan mashg‘ulot olib borish orqali esa 7 yoshda ularning yaxshiroq o‘zlashtirishlariga yordam berishgan.
✿•┈┈┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈┈┈•✿
𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈
@NUMA_KIDS
DIQQAT DOLZARB MAVZU❗️
RUCHKADA VA KLAVIATURADA YOZGANDA MIYA QANDAY ISHLASHI USTIDA TADQIQOT O‘TKAZILDI!
#tadqiqot Qo‘l ruchkani ushlab yozganda miyadagi bog‘lanish shakllari klaviaturada harf tergandagidan murakkabroq bo‘ladi.
✅ Qo‘lda yozilganda markaziy va bosh miyadagi tarmoq markazlari va tugunlari o‘rtasida murakkab bog‘lanish kuzatiladi. Miyaning bu sohalarida va bunday chastotalarda ulanish shakllari xotirani shakllantirish va yangi ma’lumotlarni kodlash uchun juda muhim. Shuning uchun ham biror narsani o‘rganayotganda an’anaviy usulda yozish foydali.
P/s: Ushbu ma'lumot foydali bo'lsa, yaqinlaringizga ulashing 😉
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube
#tadqiqot
#Lunduiversiteti
🌎Jamiyatimiz faoliyatiga xorijiy ilmiy doiralarning qiziqishi ortib borayotgani biz uchun quvonarli va e’tiborga molik holatdir.
⚡️ Bugun Jamiyatimiz ofisida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Shvetsiyaning nufuzli Lund universiteti tadqiqotchi-olimlari hamda Markaziy Osiyoda migratsiya jarayonlarini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlar tashrif buyurishdi.
✨ Tashrif davomida xorijlik mutaxassislar bilan sohaning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilib, ilmiy izlanishlar va amaliy yondashuvlar doirasida samarali muloqotlar olib borildi. Mazkur uchrashuv o‘zaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy muammolarni chuqur tahlil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
✔️ Shubhasiz, bunday xalqaro aloqalar jamiyatimiz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
O‘zbekistonlik olimlar tomonidan yuqori reytingli ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarning har beshtadan bittasi universitetimiz olimlariga tegishli
🌐 “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor va tadqiqotchilari tomonidan 2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida xalqaro Scopus ilmiy-bibliografik bazasining birinchi kvartili (Q1) ga kirgan ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar sonibutun O‘zbekiston bo‘yicha chop etilgan maqolalarning har beshtadan bittasini tashkil qiladi.
✅ Xususan, O‘zbekiston bo‘yicha ushbu kategoriyada 785 ta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, ularning 159 tasi (20%) universitetimizga tegishli.
📌 Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz hududida hozirgi kunda 212 ta oliy ta’lim muassasasi va 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot institutlari mavjud.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#tadqiqot#scopus
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#tadqiqot
#исследование
☄️ Расшифровка генома русской выхухоли поможет спасти вид
Ученые из России и Узбекистана впервые выполнили высококачественную расшифровку генома русской выхухоли. Это редкие и скрытные млекопитающие, обитающие в водоемах преимущественно на территории европейской части России.
Как объяснили специалисты, вид находится на грани исчезновения. И полученные сведения могут стать основой для принятия мер для его возрождения.
ПОДРОБНО
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#Tayinlov
Narzilloyev Baxtiyor Murot o'g'li “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg'or tadqiqotlar instituti direktori etib tayinlandi.
💫Baxtiyor Narzilloyev O'zbekistonda fan doktori ilmiy darajasini olgan eng yosh olimlardan hisoblanadi. U falsafa doktori ilmiy darajasini dunyo reytingida 36-o'rinni egallagan Xitoyning Fudan universitetida olgan.
🎗 Baxtiyor Narzilloyevni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#direktor#tadqiqot
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yutuqlarimiz insonlar hayotida aks etadi
⚡️ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tomonidan ta’lim va ilm-fan borasida ulkan o'zgarishlar qilish maqsad qilingan.
✨ Universitetimizda beriladigan sifatli bilim va tadqiqotlar xalqimiz hayotini yaxshilashi kerak.
💥 Insonlar hayotini yaxshilashga xizmat qiluvchi loyihalarni yaratgan magistratura va doktorantura bosqichi talabalarimizga loyihasini rivojlantirishi uchun $30,000 AQSh dollarigacha, bakalavriat bosqichi talabalarimizga esa $3000 AQSh dollarigacha grantlar ajratish reja qilinmoqda.
🔵 Ushbu imkoniyatlar haqida tez kunda batafsil yangiliklar e'lon qilinadi. Ulardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.
🎗Haqiqiy taraqqiyot bilim va izlanishlarga investitsiya qilishdan boshlanadi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#grant#tadqiqot#innovatsiyalar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetini tanlashingizning asosiy sababi nima?
📋Universitetimiz tahlil bo'limi tomonidan talabalar qabuli, imtihon jarayonlari, abituriyentlar va ota-onalarning fikr mulohazalari tahliliga bag'ishlangan tadqiqot materiali chop etildi.
1️⃣ Unga ko'ra o'tgan o'quv yilida abituriyentlarning eng ko'p qismi (26,6%) universitetning akademik va tadqiqot nufuzi yuqoriligi sabab o'qish istagini bildirgan.
2️⃣ Undan keyingi o'rinda esa, (14%) abituriyentlar universitet taqdim etayotgan imkoniyatlarga ko'ra o'qishga ariza topshirganliklarini bildirishgan.
3️⃣ Top 3 sababning oxirigisiga qaralganda (12,9%), ushbu abituriyentlar yaqinlarining tavsiyasiga ko'ra “Yangi O‘zbekiston” universitetini tanlaganligi ko'rsatilgan.
⁉️ Siz nega aynan NewUUni tanladingiz? Universitetning akademik va tadqiqot nufuzi uchun 🔥, imkoniyatlar🤩 yoki yaqinlaringizning tavsiyasiga ko'rami 👍? O'z javobingizni maxsus belgilar orqali bildiring.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#tadqiqot#abituriyent#qabul
⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook