@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80636 · 23.02.2026 г., 10:47
#Chilonzor#YolTamirlash#Obodonlashtirish#XavfsizYol#QulayMuhit#TumanHokimligi#YolInfratuzilmasi Chilonzor tumanida yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda Chilonzor tumanida so‘nggi kunlarda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar oqibatida ayrim ichki va asosiy avtomobil yo‘llari ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Aholi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash maqsadida tuman hududida yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytda mas’ul tashkilotlar tomonidan shikastlangan yo‘l qoplamalari tiklanib, chuqur joylar maxsus texnika va asfalt qoplamasi yordamida bartaraf etilmoqda. Ta’mirlash ishlari belgilangan grafik asosida olib borilib, qisqa muddatlarda yakunlash rejalashtirilgan. Tuman hokimligi ushbu jarayonlarni doimiy nazoratga olgan holda, fuqarolardan ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududlarda ehtiyotkorlikka rioya etishni so‘raydi. ⬅️⬅️⬅️Lavhamizda ta’mirlash jarayonlari @Chilonzor_tumani_hokimligi