Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#Chilonzor
#YerNazorati
#NoQonuniyQurilish
#TumanHokimligi
#YerMunosabatlari
Chilonzor tumanida yer munosabatlari qonun ustuvorligi asosida tartibga solinmoqda
Chilonzor tuman hokimligi huzurida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan tuman hududida noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini aniqlash bo‘yicha tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida davlat va jamoat manfaatlariga zid ravishda o‘zlashtirilgan yer uchastkalari aniqlanib, ushbu yerlarni noqonuniy egallab olgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga qonun talablari asosida rasmiy ogohlantirishlar berilmoqda.
Shuningdek, tumanning 8-mavzesida joylashgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimligi tomonidan yer munosabatlarida qonuniylikni ta’minlash, o‘zboshimchalik bilan qurilishlarni bartaraf etish hamda hududlarni belgilangan tartibda rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi.
Fuqarolar va tadbirkorlardan yerdan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish so‘raladi.
@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor#YolTamirlash#Obodonlashtirish#XavfsizYol#QulayMuhit#TumanHokimligi#YolInfratuzilmasi
Chilonzor tumanida yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Chilonzor tumanida so‘nggi kunlarda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar oqibatida ayrim ichki va asosiy avtomobil yo‘llari ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Aholi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash maqsadida tuman hududida yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda mas’ul tashkilotlar tomonidan shikastlangan yo‘l qoplamalari tiklanib, chuqur joylar maxsus texnika va asfalt qoplamasi yordamida bartaraf etilmoqda. Ta’mirlash ishlari belgilangan grafik asosida olib borilib, qisqa muddatlarda yakunlash rejalashtirilgan.
Tuman hokimligi ushbu jarayonlarni doimiy nazoratga olgan holda, fuqarolardan ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududlarda ehtiyotkorlikka rioya etishni so‘raydi.
⬅️⬅️⬅️Lavhamizda ta’mirlash jarayonlari
@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Yogingarchilik
#SuvToshishiningOldiniOlish
#TezkorChoralar
#TumanHokimligi
#Nazorat
#Obodonlashtirish
#Xavfsizlik
🌧 So‘nggi kunlarda shahrimizda kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar tufayli ko‘chalar va avtomobil yo‘llarida suv to‘planish holatlarining oldini olish maqsadida tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman hokimi o‘rinbosari K. Hamrayev tomonidan hududdagi yo‘llar holati o‘rganilib, suv toshishining oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan nazorat ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddi xizmatlar tomonidan suv oqimini ta’minlash, drenaj tizimlarini tozalash va zarur texnikalar jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor#Qonuniylik#YerNazorati#NoQonuniyQurilish#TumanHokimligi#YerMunosabatlari#Ogohlantirish#TartibIntizom